DEV Community

Dilshod
Dilshod

Posted on

CLR

CLR - Common Language Runtime(CLR) .NET dasturlarining ishlash jarayonini boshqaradi. O'z vaqtida kompilyator kompilyatsiya qilingan codeni yani (MSIL) codeni mashina codega ( 0 va 1 larga) kompilyatsiya qiladi.

CLR tomonidan taqdim etiladigan xizmatlar xotirani boshqarish, xatoliklar bilan ishlash, xavfsizlik va boshqalarni o'z ichiga oladi.

Common Language Runtime(CLR)ni to’liqroq tushuntiradigan bo’lsam:
CLR .NET ning asosiy komponentidir. Bu codelarni boshqaradigan va turli xizmatlarni taqdim etish orqali ishlab chiqish jarayonini osonlashtirishga yordam beradigan .NET runtime muhitidir. Asosan, u har qanday .NET dasturlash tilidan qat'iy nazar .NET dasturlari bajarilishini boshqarish uchun javobgardir. Common Language Runtime ostida ishlaydigan code boshqariladigan code deb ataladi. Boshqacha qilib aytganda, CLR .NET uchun boshqariladigan runtime muhitini ta'minlaydi, deb ayta olamiz.

Top comments (0)