DEV Community

Miss_code_creaker
Miss_code_creaker

Posted on

CSS va uning versiyalari.

-CSS nima
-Versiyalari

CSS nima?
CSS (Cascading Style Sheets) bu- Kaskadlangan stillar jadvali
Kaskadlangan nima ekanligini keyingi darslarda ko'rib tushunib boramiz. Stillar jadvali deb atalishi esa CSS yordamida ma'lum bir stillarni ketma ketligini yozib o'tamiz, stillar to'plami yoki stillar jadvali deb ham ataladi. ummuman olganda CSS ni asosiy vazifasi HTML yordamida yaratgan strukturamizga stil berish hisoblanadi. HTML da dasturlash kursini oxirida biz kichik loyiha yaratgandik va oxirida ko'rdikki biz faqat HTML ni o'zi bilan ham veb sayt yaratishimiz mumkin ekan, lekin veb saytimiz unchalik chiroyli ko'rinishga kelmaydi va qulay ko'rinishga kelmaydi. CSS ni asosiy vazifasi esa shu veb saytni chiroyliroq ko'rinishga olib kelish. HTML da yozgan elementlarga CSS yordamida stil berib uni chiroyliroq va qulayroq ko'rinishga olib kelamiz.

Versiyalari:
Qo'shimcha ma'lumot

1.CSS 1-1996 yil, dekabr oyi o'rtalari
2.CSS 2- 1998 yil, may oyi
3.CSS 3- 1999 yil, iyun oyi

Hozirgi kunda faqat CSS ning faqat 3 chi versiyasidan foydalaniladi. Keyinchalik esa bular modullarga bo'lib tashlandi.

Top comments (0)