DEV Community

Miss_code_creaker
Miss_code_creaker

Posted on

1-Dars. WEB haqida. HTML'da dasturlash.

Biz brauzerni ochib ma'lum bir web saytni nomini yozib "Enter" tugmasini bosgandan keyin shu web sayt bizga qanday yetib kelishini ko'rib chiqamiz.

Dars rejasi:
● "WEB"ning ishlash prinsipi
● "WEB"ni ishlashiga misol
● Dars terminlari

WEB qanday ishlaydi?

Image description

Biz web brauzerni ochib ma'lum bir web saytni nomini yozgandan keyin biz web uchun "foydalanuvchi" (Client) hisoblanamiz.

Bularni biriga kirib ma'lum bir web sayt nomini yozamiz. Web uchun bu web sayt nomi "Domain" deb nomlanadi. Biz masalan Mover.uz deb yozib Enter ni bosganimizdan keyin, brauzer maxsus "So'rov(Request) ya'ni ("mover.uz sayti bormi, agar sayt bo'lsa menga shu saytni ochib ber?")" yaratadi. Va bu Request Server(24 soat ishlab turadigan kompyuter va bu kompyuter ichida bizzi saytimizga tegishli hamma ma'lumotlar saqlanadi)ga jo'natiladi. Hop Server bizni Requestimizni qabul qilib oldi va uni qayta ishlab bizga maxsus javob(Response) yaratadi.

Response qanaqa fotmatda bo'ladi?

Response
1.Html(HyperText Markup Language) Bu- saytimiz strukturasiga, undagi ma'lumotlarni joylashuviga javob beradi.
2.CSS(Cascading Style Sheets) Bu- WEB saytimizni chiroyliroq ko'rinishiga va uni qulay qilib berilishiga javob beradi
3.JS(Javascript) Bu-eng ko'p uchraydigan file tipi bu, va bu bizni web saytimizni interactive ligiga javob beradi. (Masalan biz web saytni ochib ma'lum bir tugmani bosganda hodisa sodir bo'lishi Javascript yordamida qilinadi)

Response asosan shunaqa formatlarda bo'lib, bizni WEB saytga yetib keladi. 
Buni boshqacha qilib Request an Response cycle deyiladi. Ya'ni bizni Brauzer Request jo'natadi va xuddi shu Request ga qaytib Response qabul qilib oladi.
Response asosan shu 3 ta file (HTML,CSS,JS) lardan tashkil topadi, brauzer bu fayllarni olib birlashtirib tarjima qilib bizga web sahifa ko'rinishida bizga beradi.

Amaliyotda
Google Chrome browser ini ochib, saytga kirishdan oldin sichqonchani ikkinchi tugmasini bosib> просмотреть код ni bosib yoki klaviatura yordamida F¹² tugmasini bosib ochishimiz mumkin. Bu dasturchilar uchun yaratilgan maxsus instrumentlar(Developer tools) hisoblanadi. Va buni yordamida WEB sayt yaratish ancha osonlashadi. Endi shu joydan "Network" menyusiga o'tiladi.
Endi  Mover.uz saytini nomini yozib ochadigan bo'lsak, Network menyusida yuborilgan Requestlar ro'yhati hosil bo'ladi.

Image description
Birinchi Requestni ko'radigan bo'lsak, to'liq ma'lumotlarni chiqarib beradi. Endi Response qismiga o'tib bizga berilgan javobni ko'rishimiz mumkin. Bu HTML ko'rinishidagi file hisoblanadi. HTML saytimiz strukturasidagi elementlar joylashuvi va informatsiyasiga javob beradi. Masalan

qismi web sayt sarlavhasiga javob beradi.

Endi Element menyusiga o'tsak SCC qismini ko'rishimiz mumkin bu bizga saytni qulay qilib ko'rsatib beradi.

Image description
CSS file lar asosan

qismida joylashadi. Buni agar o'chirib ko'riladigan bo'lsa sayt juda no qulay holatga keladi. (O'chirilgan kodni orqaga qaytarish uchun Ctrl+Z bosiladi)
Image description

Dars terminlari

●Browser- veb sahifalarni ochish va internetdan foydalanish uchun mo'ljallangan maxsus dastur
●Domain- saytning nomi
● Request- veb sahifani yuklash uchun brauzer tomonidan yaratiladigan maxsus so'rov
●Server- tarmoqqa ulangan va doimiy ravishda ishlab turadigan kompyuter. U foydalanuvchidan kelayotgan so'rovlarni qabul qilib, qayta ishlab, tegishli javob jo'natadi.
●Response- server tomonidan qabul qilinib olingan so'rov uchun yaratilgan javob
●Developer tools- dasturchilar uchun mo'ljallangan maxsus uskunalar (instrument)

Top comments (0)