DEV Community

Miss_code_creaker
Miss_code_creaker

Posted on

🎉 1 yillik saboq va yangi boshlanish

Hademay, bu platformada — ya’ni Dev.to da ro‘yxatdan o‘tganimga va dasturlashga kirib kelganimga 1 yil to‘ladi.
Bu vaqt ichida ko‘p narsa o‘rganildi, ba’zilarini yozdim, ba’zilarini ichimda saqladim. Ammo shu yerda maqola yozishni maslahat bergan ustozimga alohida minnatdorchilik bildiraman: yozgan bilimlarim miyyamda uzoqroq turibdi.

Orada yozishdan tanaffus qilib qo‘ydim. Albatta, bu tanaffus natijasiz bo‘lmadi — bilimlarim ozgina orqaga ketdi. Lekin endi yana yozishni boshlamoqchiman.

Postlarim asosan dasturlash haqidagi tajriba, tushuncha va amaliy misollar asosida bo‘ladi. Ha, bu yerda aksariyat postlar ingliz tilida yoziladi, lekin men o‘zbek tilida yozishni ham davom ettirmoqchiman. Chunki dasturlashni o‘rganmoqchi bo‘lgan haqiqiy o‘zbek o‘quvchilar ham bu postlardan foydalanishini istayman.

Kim o‘qiydi — bu muhim emas. Muhimi:

Bu postlar menga ham, men kabi haqiqiy o‘rganishni istagan do‘stlarimizga ham foydali bo‘lsin.
O‘rganishni tezlashtirsin. Amaliyotda esa ishni osonlashtirsin.

Agar siz ham hali yo‘l boshidasiz, lekin niyatingiz qat’iy bo‘lsa — siz yolg‘iz emassiz.
Yozamiz. O‘rganamiz. Ulashamiz. 💻✨

Top comments (0)