Text-align, Vertical Align, Float va Text decoration
● Text-align - element ichidagi matnning gorizontal joylashuvini belgilab beradi. Text-align xossasi yordami biz elementimizni ichidagi matnni qayerda joylashgani chapdami, o'ngdami, o'rtadami ko'rsatib o'tishimiz mumkin bo'ladi. Va uning asosan 3 ta qiymati ishlatiladi.
• Left - matnni Chap tarafga tekislaydi.
• Center - matnni markazga tekislaydi.
• Right - matnni o'ng tomonga tekislaydi.
● Vertical-align - elementning Vertical joylashuvini belgilab beradi.
Qiymatlari:
• Top - elementni chiziqning tepa qismiga joylashtiradi.
• Bottom - elementni chiziqning pastki qismiga joylashtiradi.
• Middle - elementni chiziqning vertikal markaziga joylashtiradi.
● Float - elementning ota-onasining chap yoki o'ng tomoniga joylashtirilib, matn va inline elementlarini uning atrofini o'rashiga (suzishiga) yordam beradi. Bunda asosan 2 ta qiymat ishlatiladi.
• Left - elementni chap tarafga joylashtiradi va boshqa elementlarni suzib o'tishiga yordam beradi.
• Right - elementni o'ng tarafga joylashtiradi va boshqa elementlarni suzib o'tishiga yordam beradi.
■ Text decoration - matnga qo'shimcha bezak qo'shish uchun ishlatiladi. Uning qiymatlaridan birnechtasi:
• Underline - matnni tagida chiziq hosil bo'ladi.
• Line-through - matnni o'rtasida chiziq hosil bo'ladi.
• None - matn hech qanday bezakka ega bo'lmaydi.
Top comments (0)