C++ da belgilar doim " " ichida yoziladi. Belgilarni to'g'ri yozishda doimo yodda saqlashimiz lozim bo'lgan bir qancha qoidalar mavjud.
\ (backslash)
Consoleda \(backslash)
chiqarmoqchi bo'lsak, uni \\
shaklida yozishimiz kerak.
1ta \(backslash)
chiqarmoqchi bo'lsak, \\
yozamiz.
2ta \(backslash)
chiqarmoqchi bo'lsak, \\\\
ko'rinishida yozishimiz lozim. Aks holda, kodimiz xato yozilgan hisoblanadi va console da ko'rinmaydi.
#include <iostream>
using namespace std;
int main(){
cout << "\\" << endl; // consoleda 1ta \(backlash) chiqadi
cout << "\\\\" << endl; // consoleda 2ta \(backslash) chiqadi
cout << "\\\\\\"; // consoleda 3ta \(backslash) chiqadi
return 0;
}
Consoleda ko'rinishi:
" (qo'shtirnoq)
Consoleda "(qo'shtirnoq)
chiqarmoqchi bo'sak, \"
shaklida yozishimiz kerak. Natijada consoleda "
belgisi chiqadi.
#include <iostream>
using namespace std;
int main(){
cout << "Bugungi darsda Consoleda \" belgisini chiqarishni o'rgandik" << endl << endl;
cout << "Consoleda \" ni chiqarish uchun doimo \\ dan foydalanamiz";
return 0;
}
Matnni kommentariyaga olish
Kod yozayotganimizda ayni kodni nima sababdan yozyotganimizni keyinchalik o'zimiz uchun eslab olishimizga qulay bo'lishi uchun ularni kommentariya ichida tushuntirib ketsak ham bo'ladi. Yozgan matnimiz oldiga 2ta / ya'ni //
yozsak, matn kommentariyaga olinadi. Bu degani biz yozgan matn kodimiz yonida ko'rinib turgani bilan consoleda ko'rinmaydi. U faqat o'zimizga qaysi kodni nega ishlatganimizni bilib turish uchun xizmat qiladi xolos.
#include <iostream>
using namespace std;
int main(){
cout << "\\" << endl; // consoleda 1ta \(backlash) chiqadi
cout << "\\\\" << endl; // consoleda 2ta \(backslash) chiqadi
cout << "\\\\\\"; // consoleda 3ta \(backslash) chiqadi
return 0;
}
\
belgisining muhimligi
Quyidagi kodda \(backslash)
qoidaga binoan yozilmaganligi sababli consoleda ko'rinmaydi va consoleda / ^ belgilari chiqadi xolos.
#include <iostream>
using namespace std;
int main(){
cout << "\ \ \ \ / ^ ";
return 0;
}
Consoleda ko'rinishi:
Masalalar
1-topshiriq. Quyida ko'rsatilgandek mushukcha chop eting.
Yechim:
#include <iostream>
using namespace std;
int main(){
cout << "\\ /\\" << endl;
cout << " ) ( ')" << endl;
cout << "( / )" << endl;
cout << " \\(__)|";
return 0;
}
Consoleda ko'rinishi:
2-topshiriq. Namunada berilgan yakkashoxni chop eting.
Yechim:
#include <iostream>
using namespace std;
int main(){
cout << " _/\\__" << endl;
cout << "---==/ \\\\" << endl;
cout << " |. \\|\\" << endl;
cout << " | ) \\\\\\" << endl;
cout << " \\_/ | //|\\\\" << endl;
cout << " / \\\\\\/\\\\";
return 0;
}
Consoleda ko'rinishi:
Topshiriqlar https://oj.ilmhub.uz/ saytidan olindi.
Top comments (0)