Bugun SQLda oddiy CRUD (Create, Read, Update, Delete) query, yani so'rov yozamiz. Bu ma'lumotlar bazasida bajarilishi mumkin bo'lgan asosiy operatsiyalardir.
Ma'lumot kiritish (Insert)
INSERT INTO jadval_nomi
(ustun1, ustun2, ustun3)
VALUES
(qiymat1, qiymat2, qiymat3);
O'qish (Select)
SELECT ustun1, ustun2, ustun3 FROM jadval_nomi;
Yoki jadvaldagi barcha ma'lumotni o'qish quyidagicha ko'rinishda bo'ladi:
SELECT * FROM jadval_nomi;
Yangilash (Update)
UPDATE jadval_nomi
SET ustun1 = yangi_qiymat1, ustun2 = yangi_qiymat2
WHERE ustun = qiymat;
O'chirish (Delete)
DELETE FROM jadval_nomi
WHERE ustun = qiymat;
UPDATE va DELETE dagi WHERE bandiga e'tibor bering. WHERE bandi qaysi qator(lar)ni yangilash/o'chirish kerakligini belgilaydi. Agar siz WHERE bandini yozmasangiz, jadvaldagi barcha qatorlar yangilanadi yoki o'chib ketadi!
Keling endi bitta misolda ko'rib chiqsak.
'Talabalar' nomli jadval yaratamiz, uning talaba_id, ism, familiya, fakultet nomli ustunlari bo'lsin:
CREATE TABLE Talabalar (
talaba_id INT,
ism VARCHAR(255),
familiya VARCHAR(255),
fakultet VARCHAR(255)
);
Bu yerda int son, varchar esa matn ma'lumot turlari.
Keling unga ozgina ma'lumot kiritamiz:
INSERT INTO Talabalar
(talaba_id, ism, familiya, fakultet)
VALUES (1, 'Diyorbek', 'Qahramonov', 'Jismoniy madaniyat'),
(2, 'Mubosher', 'Abdurashidov', 'Amaliy matematika'),
(3, 'Samandar', 'Tursunov', 'Kiberxavfsizlik');
Ma'lumot kiritdik. Endi buni ko'rish uchun quyidagicha kod yozamiz:
SELECT * FROM Talabalar;
Biz bu yerda 'Talabalar' jadvalidagi barcha ma'lumotni ko'rsat demoqdamiz.
Natija:
Hmm, biz ozgina xato ma'lumot kiritganga o'xshaymiz. Mubosherni boshqa fakultetga yozib qo'yibmiz, keling uni tahrirlaymiz:
UPDATE Talabalar
SET fakultet = 'Jahon tillar'
WHERE talaba_id = 2;
Natija:
Bizga endi Samandar haqidagi ma'lumotlar kerak emas, demak o'chirib tashlaymiz:
DELETE FROM Talabalar
WHERE talaba_id = 3;
Endi ko'radigan bo'lsak bizda quyidagi natija chiqadi:
Bu amalga oshirilga amallar oddiy amallar edi. Qolganini o'zim o'rganishim davomida ulashib boraman, rahmat.
Top comments (0)