Assalamu aleykum hurmatli dasturchilar bugun sizlar bilan kompyuter xotirasi haqida gaplashamiz. Kompyuter xotirasi kompyuterning ishlashida muhim rol o'ynaydi. Xotira kompyuterga ma'lumotlarni saqlash, qayta ishlash va olish imkonini beradi. Keling, xotiraga nisbatan ba'zi asosiy tushunchalarni ko'rib chiqamiz.
1.Xotiraning Turlari
Kompyuter xotirasi ikki asosy turga bo'linadi:
a) Asosiy Xotira(RAM)
RAM(Random Access Memory) - Bu tezkor, vaqtinchalik xotira turidir. RAM kompyuterning ishlash jarayonida vaqtinchalik ma'lumotlarni saqlaydi.
Misol: Siz biror dastur ochganingizda yoki faylni tahrirlaganingizda, bu ma'lumotlar RAMda saqlanadi. Kompyuter o'chirganda, RAMdagi barcha ma'lumotlar yo'qoladi.
b) Doimiy Xotira(ROM va Saqlash Qurilmalari)
ROM(Read-Only-Memory) - Bu o'qish uchun mo'ljallangan doimiy xotira. ROMda kompyuterning ishga tushirish uchun kerakli asosiy dasturlar (BIOS) saqlanadi.
Saqlash Qurilmalari - Bular uzoq muddatli saqlash uchun ishlatiladi, masalan, qattiq disk(HDD), SSD(Solid State Drive), yoki USB flesh-disklar. Bu joylarda ma'lumotlar kompyuter o'chirilganida ham saqlanib qoladi.
Misol: Siz fayllarni, rasimlarni yoki dasturlarni saqlaysiz. Bu ma'lumotlar SSD yoki HDDda saqlanadi va kompyuterni qayta yoqganingizda saqlanib qoladi.
2.Xotira Hajmi va Tezligi
Hajmi - Xotiraning hajmi uning qancha ma'lumotni saqlay olish qobiliyatini ko'rsatadi. RAM uchun, masalan, 8 GB yoki 16 GB bo'lishi mumkin. Saqlash qurilmalari uchun, 500 GB yoki 1 TB kabi.
Misol: Agar sizda 8 GB RAM bo'lsa, bu sizga bir vaqtning o'zida bir nechta dasturlarni ishlatishga imkon beradi. Agar sizda kamroq RAM bo'lsa, kompyuter ko'p dasturlarni ochganingizda sekinlashish mumkin.
Tezligi - xotiraning tezligi ma'lumotlarni qayta ishlash tezligini belgilaydi. RAM tezligi, masalan, 2400 MHz yoki 3200 MHz bo'lishi mumkin, bu RAMning ishlash tezligini belgilaydi.
Misol: Tezkor RAM kompyuterning dasturlari va tizimining tezroq ishlashiga yordam beradi. Tez-tez o'zgartiriladigan ma'lumotlar tez-tez RAMda saqlanadi, shuning uchun yuqori tezlikdagi RAM ko'proq samarali ishlaydi.
3. Kesh Xotira
Kesh(Cache) Xotira - Bu juda tezkor xotira bo'lib, CPU(markazi protsessor) tomonidan tez-tez foydalaniladigan ma'lumotlarni saqlaydi. Kesh xotira asosan uch qatlamdan iborat bo'ladi: L1, L2 va L3.
Misol: Agar siz tez-tez foydalanadigan dastur yoki fayl bo'lsa, u dastur CPU tomonidan tezroq ishlanishi uchun kesh xotiraga saqlanadi.
4. Xotira Yordamhci Vositalar
Virtual Xotira - Bu RAMning cheklangan hajmi bo'lsa, saqlash qurilmasidan foydalanishga imkon beradi. Kompyuter virtual xotira yaratadi va ma'lumotlarni vaqtincha saqlash uchun qattiq diskdan foydalanadi.
Misol: Agar siz katta dastur yoki faylni ochmoqchi bo'lsangiz va RAMning yetarli joyi bo'lmasa, kompyuter qattiq diskdagi bo'sh joyni virtual RAM sifatida ishlatadi. Bu, odatda, sekinroq bo'ladi, chunki qattiq disk RAMga nisbatan ancha sekin.
Xulosa
Kompyuter xotirasi ma'lumotlarni saqlash va qayta ishlash uchun zarur bo'lgan asosiy komponentdir. RAM tezkor, vaqtinchalik xotira sifatida ishlatiladi, xotira esa uzoq muddatli saqlash uchun mo'ljallanfan. Tezlik va hajm xotiraning samaradorligini belgilaydi, va kesh xotira CPUning ishlash tezligini oshiradi. Virtual xotira esa RAM yetarli bo'lmagan holatlarda qo'shimcha yordam beradi.
Top comments (0)