C++ O’zgaruvchilar
Assalomu alaykum bugun siz bilan C++ dasturlash tilida o'rgaruvchilar haqida gaplashib olamiz. O'zgaruvchilar ma'lumot qiymatini saqlab turuvchi idish sifatida tushunishimiz mumkin. C++ dasturlash tilida turli xila o'zgaruvchilar mavjud bo'lib har bir tur xil kalit so'zlari bilan nomlangan.
O'zgaruvchi - Xotiraning nomlangan qismi bo’lib, o’zida ma’lum bir toifadagi qiymatlarni saqlaydi. O’zgaruvchining nomi va qiymatlari bo’ladi. O’zgaruvchining nomi orqali qiymat saqlanayotgan xotira qismiga murojaat qilinadi. Programma ishlashi jarayonida o’zgaruvchining qiymatini o’zgartirish mumkin. Har qanday o’zgaruvchini ishlatishdan oldin, uni e’lon qilish lozim.
-
int
- 123 yoki -123 kabi butun sonlarni (butun sonlar) saqlaydi. -
double
- 19.99 yoki -19.99 kabi o'nli raqamlar raqamlarini saqlaydi -
char
- "a" yoki "B" kabi bitta belgilarni saqlaydi. Char qiymatlari bitta tirnoq bilan o'ralgan. - string-
"Hello World"
kabi matnlarni saqlaydi. Qator qiymatlari ikki tirnoq bilan o'ralgan - bool - qiymatlarni ikki holat bilan saqlaydi: haqiqiy yoki noto'g'ri,
True
yokiFalse
( 1 yoki 0)
O'zgaruvchi qisqa nomga ega bo'lishi mumkin (masalan, x va y) yoki ko'proq tavsiflovchi nom (yosh, cpp, master va h.k). C++ o'zgaruvchilar uchun qoidalar:
- O'zgaruvchilar nomi raqam bilan boshlanmaydi!
- O'zgaruvchi [a-Z] harf bilan boshlanib raqamlar ham aralashtirsa bo'ladi. ( _ali123, son90 va h.k)
- O'zgarvchi nomida katta va kichik harflar ahamiyatga ega bo'lib misol uchun Aka va aka ikki xil o'zgaruvchi nomi hisoblanadi! (Aka, aka, AkA, aKa)
1-Masala: Bizga cpp nomli o'zgaruvchi nomi butun tipga tegishli va qiymati 13 ga teng. ushbu o'zgaruvchini ekranga chiqaring.
#include <iostream>
using namespace std;
int main() {
int cpp;
cpp = 13;
cout << cpp;
}
13
Esdan chiqarmang. O'zgaruvchiga yangi qiymat kiritsangiz yoki tayinlasangiz oldingi mavjud o'zgaruvchi qiymati yuqoladi. quyidagi misolda ko'ring.
#include <iostream>
using namespace std;
int main() {
int mn = 13; // mn 13 ga teng edi
mn = 15; // endi mn 15 ga teng
cout << mn; // Natija 15 chiqadi
}
O'zgaruvchi boshqa turlari.
int myNum = 5; // Butun qiymatli o'zgaruvchi
double myFloatNum = 5.99; // o'nli kasrli sonlar uchun
char myLetter = 'D'; // Char tipga tegish yani bitta belgi
string myText = "Hello"; // TEXT saqlaydi
bool myBoolean = true; // Boolean tipi bunda rost yoki yolg'on (true or false)
Bir nechta o'zgaruvchini e'lon qilish.
Bir xil turdagi bir nechta o'zgaruvchini e'lon qilish uchun vergul bilan ajratilgan ro'yxat shakllantiriladi:
#include <iostream>
using namespace std;
int main() {
int x = 13, y = 15, z = 1;
cout << x + y + z;
}
Natija butun qiymatdagi berilgan x,y,z lar yig'indisini hisoblaydi.
29
Hayr hurmatli Bo'lajak dasturchilar Keyingi darslarda ko'rushguncha 🖐️
Top comments (0)