DEV Community

Muhammad Khodjaev
Muhammad Khodjaev

Posted on

πŸ–₯️ Terminal Buyruqlari va .NET CLI: Boshlang'ich dasturchilar uchun qo'llanma

Dasturlash dunyosida samaradorlikni oshirish uchun terminaldan foydalanishni bilish juda muhimdir. πŸ’» Ayniqsa, .NET dasturchilari uchun terminal orqali loyihalarni yaratish va boshqarish jarayonini tushunish boshlang'ich qadamdir. Ushbu maqolada eng asosiy terminal buyruqlari va .NET CLI buyruqlarini o'rganamiz. πŸ› οΈ


Terminal buyuruqlari

Bu qismda joylashuv va fayllarni boshqarish uchun ishlatiladigan eng kerakli terminal buyruqlarini ko'rib chiqamiz. πŸ“‚

  • 🧭 pwd β€” Joriy joylashuvni ko'rsatadi:
pwd
Enter fullscreen mode Exit fullscreen mode
  • πŸ“œ ls β€” Joylashuvdagi fayllar va papkalarni ko'rish uchun:
ls
Enter fullscreen mode Exit fullscreen mode
  • πŸšͺ cd β€” Boshqa joylashuvga o'tish:
cd folder_name
Enter fullscreen mode Exit fullscreen mode
  • ⬆️ cd .. β€” Bitta fayl ortga qaytish:
cd ..
Enter fullscreen mode Exit fullscreen mode
  • πŸ—‚οΈ mkdir β€” Yangi katalog yaratish:
mkdir folder_name
Enter fullscreen mode Exit fullscreen mode
  • πŸ—‘οΈ rm β€” Faylni o'chirish:
rm folder_name
Enter fullscreen mode Exit fullscreen mode
  • πŸ—‘οΈ rm * β€” Barcha fayllarni o'chirish:
rm *
Enter fullscreen mode Exit fullscreen mode

> * degani all ya'ni barchasi degani. Bu yulduzcha ko'p joylarda all ya'ni barchasi degan ma'noda qo'llanilib keladi.

.NET loyihalarini yaratish va boshqarish:

Endi .NET dasturchilari uchun foydali bo'lgan CLI buyruqlarini ko'rib chiqamiz. 🌐 Bu buyruqlar yordamida yangi loyihalar yaratish va boshqarish juda oson. βš™οΈ

  • πŸ†• dotnet new console -n β€” Yangi konsol dasturini yaratish:
dotnet new console -n ProjectName
Enter fullscreen mode Exit fullscreen mode

Tushuntirish: -n belgisi ism berish uchun ishlatilinadi. Agarda -n belgisisiz komanda beriladigan bo'lsa loyiha nomi fayl nomi qanday bo'lsa shundayligicha bo'ladi!

  • πŸ› οΈ dotnet new solution β€” Yangi .NET yechimini yaratish:
dotnet new solution
Enter fullscreen mode Exit fullscreen mode
  • βž• dotnet add solution β€” Loyihani yechimga qo'shish:
dotnet add solution solution_name.csproj
Enter fullscreen mode Exit fullscreen mode
  • πŸ—οΈ dotnet run β€” Loyihani ishga tushirish:
dotnet run
Enter fullscreen mode Exit fullscreen mode

Eslatma: Agarda terminal ochilgan faylda C# fayl bo'lmasa bu komanda ishlamaydi!


Terminal buyruqlari va .NET CLI orqali ishlash dasturchining hayotini ancha yengillashtiradi va ishni tezlashtiradi. ⏩ Yangi boshlanuvchilar uchun bu qadamlar kichik bo'lib ko'rinsa-da, ular keyinchalik kattaroq va murakkab loyihalar bilan ishlashda juda muhim asos bo'lib xizmat qiladi. πŸš€

Top comments (0)