Inheritance
(meros olish)
— bu obyektga yo‘naltirilgan dasturlash (OOP)
ning asosiy tushunchalaridan biri bo‘lib, bitta klass (ota-klass)
xususiyatlari va metodlarini boshqa klassga (farzand-klass)
meros qilib berish imkonini beradi.
Inheritance sintaksisi
// Ota klass
public class Animal
{
public void Eat()
{
Console.WriteLine("Bu hayvon ovqat yeydi.");
}
}
// Farzand klass (Animal dan meros olgan)
public class Dog : Animal
{
public void Bark()
{
Console.WriteLine("It vovullaydi.");
}
}
class Program
{
static void Main()
{
Dog myDog = new Dog();
myDog.Eat(); // Ota klass metodini chaqirish
myDog.Bark(); // O‘zining metodini chaqirish
}
}
Inheritance ning afzalliklari
Kodning qayta ishlatilishi → Ota klassdagi kodni qayta yozish shart emas.
Tartibli kod → Bir xil xususiyatlarga ega klasslar ajratiladi.
OOP
ga moslashish → Encapsulation
va Polymorphism
bilan birga ishlaydi.
Xullosa
Inheritance
yordamida kod modulli va qayta ishlatiladigan bo‘ladi.
Ota klass umumiy metod va xususiyatlarni saqlaydi.
Farzand klass undan meros oladi va kerakli joylarda metodlarni o‘zgartirishi mumkin.
Top comments (0)