Assalamu alaykum! Ushbu postda Vue.js loyihamizning umummiy tuzulmasi (strukturasi, fayllari) bilan tanishib chiqidik.
Endi navbat Vue.js loyihamizning asosiy sintaksis haqida gaplashamiz.
Vue.js template sintaksisi HTML ga o'xshaydi va Vue komponentlari ichida reaktiv ma'lumotlarni ko'rsatish va boshqarish uchun ishlatiladi. Yuqoridagi rasmda asosiy ketmaketlik qizil chiziq bilan belgilab sanab o'tilgan , ko'rib turganingizdek juda ham sodda va quyida Vue.js template sintaksisining asosiy jihatlarini batafsil ko'rishimzi mumkin:
Interpolatsiya
Matn Interpolatsiyasi
Matn interpolatsiyasi orqali komponent ma'lumotlarini HTML ichida ko'rsatish mumkin:
<template>
{{ message }}
</template>
Bu yerda {{ message }}
orqali message
o'zgaruvchisining qiymati HTMLda ko'rsatiladi.
HTML Interpolatsiyasi
Agar siz o'zgaruvchi qiymatini HTML sifatida kiritish kerak bo'lsa, v-html
direktivasidan foydalaniladi:
va ushbu divni parent sifatida qabul qilib ichiga HTML elementlarimizni render qiladi.
Direktivalar
v-bind
Atributlarni dinamik ravishda bog'lash uchun ishlatiladi:
v-if
Elementni shartli ravishda ko'rsatish uchun ishlatiladi:
Ushbu xabar ko'rinvottimi bro 😎
v-else
va v-else-if
v-if
bilan birga qo'llaniladi va shartlarga qarab elementni ko'rsatadi:
A javob
B javob
v-for
Ro'yxatlarni iteratsiya (loop) qilish uchun ishlatiladi:
{{ item.text }}
itmes bu yerda array [] , item esa array elementi hisoblanadi , :key esa iteratsiya qilinayotgan elementni 'unique' qilish uchun ishlatiladi.
v-on
Hodisalarga qo'llaniladi, masalan, tugmalarni bosish:
Bos
Class va Style
v-bind:class
Dinamik ravishda classlarni qo'shish mumkin:
v-bind:style
Dinamik stillarni qo'llash mumkin:
Ikki tomonlama bog'lanish
v-model
Form elementlari bilan ikki tomonlama bog'lanishni ta'minlaydi:
Qo'shimcha Direktivalar
v-show
Elementni ko'rinishini boshqaradi, ammo DOMdan olib tashlamaydi:
ya'ni display:none; saqlaydi holos.
Ko'rinadigan xabar
v-pre
Element va uning farzandlari (childlari) uchun remderlanishini to'xtatadi:
v-cloak
Elementga Vue.js ilovasi to'liq yuklanmaguncha ko'rinishini to'xtatadi:
v-once
Element va uning farzandlarini (child elementlarini) faqat bir marta renderlaydi:
Qo'shimcha Misollar
Shartli Rendering
Vue.js da shartli rendering orqali elementlarni ko'rsatish yoki yashirish mumkin. v-if
, v-else-if
, va v-else
direktivalari ishlatiladi:
A javob
B javob
Ro'yxatni Iteratsiya Qilish
v-for
direktivasi orqali ro'yxat elementlarini iteratsiya qilish mumkin:
{{ index }} - {{ item.text }}
items=array;
item=arrayning elementi;
index=array elementining indeksi.
Form Elementlari
v-model
direktivasi orqali form elementlari bilan ikki tomonlama bog'lanishni ta'minlash mumkin:
Yozilgan xabar: {{ message }}
Template Sintaksisi orqali Ma'lumotlar Bindingi
Template sintaksisi orqali Vue.js komponentlarida ma'lumotlarni dinamik ravishda bog'lash juda sodda va qulay. Bu esa reaktiv ilovalarni yaratishda katta yordam beradi.
Vue.js template sintaksisi HTMLni kengaytirish orqali dinamik va reaktiv veb ilovalarni yaratishda kuchli vositalarni taqdim etadi. Bu direktivalar va interpolatsiyalar orqali ma'lumotlarni boshqarish va hodisalarga javob berish oson va samarali bo'ladi.
inshaaAlloh keyingi maqolalarda reactive data va bir qanncha ma'lumotlarni o'rganib olamiz.
Top comments (0)