DEV Community

Cover image for Welcome to JavaScript 0 to PRO course ! [ UZ]
Mukhriddin Khodiev (work)
Mukhriddin Khodiev (work)

Posted on • Edited on

2 2 2 2 2

Welcome to JavaScript 0 to PRO course ! [ UZ]

Assalamu alaykum JavaScript darslarimizga xush kelibsiz! Bugundan sizlar bilan JavaScriptni mukammal o'rganishni boshlaymiz!

Mavzular: (JS ga kirish, Variables, Data Types)

JS nima?

JavaScript (JS) – bu veb-sahifalarni interaktiv qilish uchun ishlatiladigan dasturlash tili. HTML va CSS bilan birgalikda JavaScript veb-dasturlarning uch asosiy texnologiyalaridan biri hisoblanadi.

JS qanday ishlaydi?

JavaScript veb-brauzerlarda ishlaydi. Brauzer JavaScript dvigateli orqali JS kodini bajaradi. JavaScript-ni HTML-ga bog’lash uchun

<script> tegidan foydalaniladi.

<!DOCTYPE html>
<html>
<head>
  <title>My First JS</title>
</head>
<body>
  <h1>Hello, World!</h1>
  <script>
    console.log('Hello, World!');
  </script>
</body>
</html>
Enter fullscreen mode Exit fullscreen mode

alert(), prompt(), confirm(), document.write(), textContent(), innerHTML, Template Literal

  • alert(): Oddiy xabar oynasini ko'rsatadi.
  • prompt(): Foydalanuvchidan ma'lumot kiritishni so'raydi.
  • confirm(): Foydalanuvchidan tasdiqlashni so'raydi.
  • document.write(): HTML hujjatiga matn yozadi.
  • textContent(): Elementning matn mazmunini olish yoki o'zgartirish uchun ishlatiladi.
  • innerHTML: Elementning ichki HTML tarkibini olish yoki o'zgartirish uchun ishlatiladi.
  • Template Literal: Qo’shimcha ma'lumotlarni birlashtirish uchun `backtick ( `) belgilaridan foydalaniladi.

`javascript
let name = "John";
console.log(`Hello, ${name}!`);
`

Variables - var, let, const

  • var: O'zgaruvchi e'lon qilishning eski usuli. Uning bloki cheklovi yo'q.
  • let: ES6+ usulda. Blok chekloviga ega.
  • const: O'zgarmas o'zgaruvchi yaratadi. O'zgaruvchi qayta belgilanishi mumkin emas.

"use strict"

Kod qat'iy rejimda bajarilishi uchun ishlatiladi. Bu ko'plab xatolarga yo'l qo'ymaslikda yordam beradi.

`javascript
"use strict";
x = 3.14; // Xatolik, o'zgaruvchi e'lon qilinmagan
`

Data Types

Primitive Types:
  • number: Raqamlar.
  • bigInt: Juda katta raqamlar.
  • string: Matn holatidagi ma'lumotlar.
  • boolean: True yoki false qiymatlar.
  • null: Bo'sh yoki mavjud bo'lmagan qiymat.
  • undefined: Qiymat belgilanmagan.
  • symbols: Unikal identifikatorlar.
NonPrimitive Types:
  • objects: key-value juftliklari ko'rinishidagi ma'lumotlar.
  • arrays: Bir necha ma'lumotni bir joyga to'plab saqlaydigan struktura.
  • functions: Ma'lum bir vazifani bajaradigan kodlar to'plami.

null vs undefined

  • null: Qo'l bilan qiymat sifatida "bo'sh" deb belgilangan.
  • undefined: O'zgaruvchiga qiymat berilmagan.

Matematik Operatorlar

  • +: Qo'shish
  • -: Ayirish
  • *: Ko'paytirish
  • /: Bo'lish
  • %: Qoldiq
  • **: Darajaga ko'tarish

Bizni tarmoqlarda kuzatishingiz mumkin va maqola foydali bo'lsa izoh va Vuechi do'stlaringizga ulashing. 🫡

AWS Security LIVE!

Join us for AWS Security LIVE!

Discover the future of cloud security. Tune in live for trends, tips, and solutions from AWS and AWS Partners.

Learn More

Top comments (0)

Billboard image

The Next Generation Developer Platform

Coherence is the first Platform-as-a-Service you can control. Unlike "black-box" platforms that are opinionated about the infra you can deploy, Coherence is powered by CNC, the open-source IaC framework, which offers limitless customization.

Learn more

👋 Kindness is contagious

Please leave a ❤️ or a friendly comment on this post if you found it helpful!

Okay