DEV Community

Abror
Abror

Posted on • Edited on

C++ intro for starter 5

Assalomu alaykumt !

Bugungi darsda biz siz bilan ASCII va / & % haqida gaplashamiz, bugungi darsimizga e'tibor bo'lishingizni so'rab qolaman.

ASCII- bu barcha turdagi o'zgaruvchilarni o'zida jamlagan ma'lumotlar bazasidir.

Siz quyidagi sur'at orqali ko'rishingiz mumkin.

Image description

Bu jadval orqali biz insonlar tomonidan kiritilgan kodlar ya'ni insonlarning tilidagi matnlarni mashina kodiga o'tkazib berish uchun maxsus jadval hisoblanadi!

Buning asosiy g'oyasini quyidagi masala orqali tushunishimiz mumkindir.

 #include<iostream>
using namespace std;

int main()
{
  char N;
  cin>>N;
  int M=N-32;
cout << char(M);
 return 0; 
}
Enter fullscreen mode Exit fullscreen mode


Yuqoridagi masalada biz inputga kichik harf kiritsak ,outputda bizga katta harf chiqarish uchun kod yozilgan va bu ASCII jadvali orqali amalga oshmoqda.

Keyingi o'rinlarda biz o'rganishimiz kerakki % & / amallari orqali biz kiritilgan sonning butun va qoldiq qismlarini topa olishimiz mumkin.

Masalan,Agar kiritilgan son ikkisi ham int datatype da bo'lsa bunda biz butun qismini osonlikcha topishimiz mumkin.

int a=18;
int b=5;
18/5=3  //aslida 3.6 matematik amallarda buning qiymati.
18%5=3  // Bunda qoldiq chiqadi.
Enter fullscreen mode Exit fullscreen mode

Bizga bular nega kerak? degan savollar sizga kelishi mumkin albatta.
-Ha,albatta bu bizga juda muammoli vaziyatlarda kerak bo'ladi.

Siz buni quyidagi masalada tushunishingiz mumkindir.

 #include<iostream>
using namespace std;

int main()
{
  int n,a,b,c,d,e;
  cin>>n;
  a=n/10000;
  b=n/1000%10;
  c=n/100%10;
  d=n/10%10;
  e=n%10;
  cout<<a<<"!"<<b<<"!"<<c<<"!"<<d<<"!"<<e;


 return 0; 
}
Enter fullscreen mode Exit fullscreen mode

Consoleda kiritgan sonimiz a!b!c!d!e shu shaklda chiqadi va buni hisoblash uchun biz,sonning xonalaridagi raqamlarni ajratib oldik va natijaga erishdik.
Xullas bizdan uzoqlashmang,eng qiziqarlilari oldandadir.

Bugun shu mavzular haqida gaplashdik.@dawroun

E'tiboringiz uchun rahmat!__

Top comments (0)