DEV Community

Cover image for SSH kalitini Github.com'ga qo'shish
Muhammad Khodjaev
Muhammad Khodjaev

Posted on

SSH kalitini Github.com'ga qo'shish

Ushbu maqolada SSH kaliti yo'q bo'lsa yangisini ochish va bor bo'lsa Github.com profilimizga qo'shishni ko'rib chiqamiz.

1-bosqich Kompyuterda SSH bormi yoki yo'qmi tekshirish

  1. Kompyuterimizda Git Bash'ni ochamiz.
  2. ls -al ~/.ssh mana shu komandani kiritamiz.
  3. Agarda sizning kompyuteringizda allaqachon SSH key bo'lsa quyidagi fayllardan biri bo'ladi: id_rsa.pub id_ecsda.pub id_ed25519.pub

Agarda sizda ushbu fayllardan biri bo'lsa, 4-bosqichga o'tib ketavering! Agarda bo'lmasa, hozir 2 va 3 chi bosqichlarda yangisini ochishni o'rganamiz.

2-bosqich Kompyuterda yangi SSH ochish

  1. Git Bash'ni ochamiz
  2. ssh-keygen -t ed25519 -C "your_email@example.com" mana shu komandani kiritamiz. > Qo'shtirnoq ichiga Github profilingiz ulangan pochta manzilini kiritasiz. (qo'shtirnoq olib tashlanmaydi)
  3. SSH'ni saqlash uchun fayl so'raydi. Default holatda berilgan faylga saqlash uchun shunchaki enter'ni bosishingiz kifoya.
  4. Ana endi "Enter passphrase" so'raydi ya'ni kod. Esingizda qoladigan kodni kiritasiz
  5. Va kiritgan kodingizni yana bir bor kiritasiz.

3-bosqich SSH'ni ssh-agent'ga qo'shish

  1. PowerShell'ni ochamiz.
  2. ssh-add c:/Users/YOU/.ssh/id_ed25519 mana shu komandani kiritamiz

Users va YOU degan joyga o'zingizning kompyuteringizdagi fayl nomlarini kiritishingiz esingizdan chiqmasin!

4-bosqich Github.com'ga kirib SSH ni qo'shish

  1. PowerShell'ni ochamiz
  2. cd .ssh qilib SSH joylashgan faylga kiramiz
  3. code . qilib VS Code'da ochib olamiz
  4. Kirib .pub bilan tugagan faylga kiramiz va nima bor bo'lsa ushani ko'chirib olamiz (oxirida sizning Github'ga ulangan pochta manzilingiz bo'lishi kerak)
  5. Github.com'ga kiramiz va settings qismiga o'tib SSH and GPG keys bo'limiga kiramiz
  6. NEW SSH key'ni bosamiz
  7. Title degan joyga SSH uchun nom beramiz, masalan Muhammad's SSH Key
  8. Key degan joyga .pub bilan tugagan fayldan olgan uzuuun yozuvimizni paste qilamiz
  9. Add SSH key'ni bosamiz
  10. Sizdan github profilingizning parolini so'rashi mumkin, uni kiritamiz

Tabriklayman, siz SSH'ni muvaffaqiyatli qo'shdingiz!

Xurmat bilan,
Muhammad Khodjaev

Image of Datadog

Master Mobile Monitoring for iOS Apps

Monitor your app’s health with real-time insights into crash-free rates, start times, and more. Optimize performance and prevent user churn by addressing critical issues like app hangs, and ANRs. Learn how to keep your iOS app running smoothly across all devices by downloading this eBook.

Get The eBook

Top comments (0)

Sentry image

See why 4M developers consider Sentry, “not bad.”

Fixing code doesn’t have to be the worst part of your day. Learn how Sentry can help.

Learn more