DEV Community

dilshod raxmadjonov
dilshod raxmadjonov

Posted on

Class va Object

1)C# da class nima?
Javob: Class – bu ob'ektlar uchun andoza yoki shablondir. Sinf ma'lumotlar (field) va xatti-harakatlar (methods, properties) to'plamidan iborat. Bu ma'lumotlar va xatti-harakatlar sinf ichida aniqlanadi va sinfdan yaratilgan har bir ob'ekt uchun alohida bo'ladi.

Sinf e’lon qilish:
class SinfNomi
{
// Fields (ma'lumotlar)
// Methods (xatti-harakatlar)
}

2)Object nima?
Javob: Ob'ekt – bu sinfdan yaratilgan konkret nusxadir. Ob'ekt orqali sinfda aniqlangan ma'lumotlar va xatti-harakatlardan foydalanish mumkin. Sinf deklaratsiyasi faqat shablondir, ob'ekt esa sinfning amaliy hayotdagi ko'rinishidir.

Ob'ekt yaratish:
SinfNomi ob'ektNomi = new SinfNomi();

3)Quyidagi kodning natijasini ayting:

class Car
{
public string Model;
public Car(string model)
{
Model = model;
}
}
Car myCar = new Car("Tesla");
Console.WriteLine(myCar.Model);

Natija: Tesla.

Top comments (0)