●Align items - kesuvchi o'qi (cross axis) bo'ylab elementlarni joylashuvini belgilaydi.
Qiymatlari:
•stretch - elementlarimiz "flex container"ni to'ldirish uchun cho'ziladi.
•center - elementlarimiz kesuvchi o'qning markazida joylashadi.
•flex-start - elementlarimiz kesuvchi o'qning boshida joylashadi.
•flex-end - elementlarimiz kesuvchi o'qning oxirida joylashadi.
●Align content - kesuvchi o'q (cross axis) bo'ylab flex container liniyalarni joylashuvini belgilaydi va qo'shimcha bo'sh joyni taqsimlashga yordam beradi.
Qiymatlari:
•stretch - flex liniyalarimiz containerni to'ldirish uchun cho'ziladi.
•flex-start - flex liniyalarimiz container boshida joylashadi.
•flex-end - flex liniyalarimiz container oxirida joylashadi.
•center - flex liniyalarimiz container markazida joylashadi.
•space-between - flex liniyalarimiz container bo'yicha teng taqsimlanadi. Birinchi flex liniyamiz container boshida, oxirgi flex liniyamiz esa container oxirida joylashadi.
•space-around - flex liniyalarimiz container bo'yicha teng taqsimlanadi va har bir liniya atrofida teng masofa bo'ladi. Faqatgina birinchi, oxirgi liniya va container chegarali orasidagi masofa boshqa masofalardan farq qiladi.
•space-evenly - flex liniyalarimiz container bo'yicha teng taqsimlanadi va har bir flex liniya atrofida teng masofa bo'ladi.
Top comments (0)