JavaScript — 1995-yilda Brendan Eich tomonidan Netscape kompaniyasida yaratilgan dasturlash tilidir. U dastlab "Mocha" nomi bilan tanilgan, ammo bu nom bilan til mashhurlikka erisha olmagan. Shundan so‘ng nomi "LiveScript" deb o‘zgartiriladi, ammo baribir keng ommaga yoqmaydi.
Oradan ko‘p o‘tmay, Netscape kompaniyasi Sun Microsystems bilan hamkorlikda til nomini JavaScript deb o‘zgartiradi. Nega aynan shunday nom? Chunki o‘sha paytda Java dasturlash tili juda mashhur edi. Shu sababli yangi tilga “Java” bilan bog‘liq nom berish marketing jihatdan foydali deb topilgan. Natijada, Java bilan umuman aloqasi bo‘lmagan bo‘lsa-da, “JavaScript” nomi ommalashib ketdi.
JavaScript nomi bilan bu til 1996-yilda Netscape Navigator 2 brauzeri orqali ommaga taqdim etiladi va tezda mashhur bo‘lib ketadi.
JavaScript’ni o‘rganish osonmi?
Ha, JavaScript’ni o‘rganish nisbatan oson, ayniqsa boshqa dasturlash tillariga qaraganda. Lekin u ham o‘ziga xos murakkabliklarga ega. Asosiy tushunchalarni o‘zlashtirib olsangiz, keyingi bosqichlar ancha yengil kechadi.
Kutubxona (Library) va Framework nima?
Keling, sodda misol bilan tushuntiramiz:
Tasavvur qiling, sizda bir uzumzor bor va 10 metr narida ariq oqib turibdi. Siz bog‘ingizni sug‘ormoqchisiz:
Agar siz qo‘lingiz bilan suv olib sug‘orsangiz, bu oddiy JavaScript.
Agar paqir (chelak) ishlatsangiz — bu kutubxona (library) hisoblanadi.
Agar esa siz motorli shlang o‘rnatib, avtomatik sug‘orsangiz — bu framework bo‘ladi.
Ya’ni kutubxona — bu sizga yordam beradigan kichikroq vosita,
Framework esa — sizga ko‘p ishlarni avtomatik bajartiradigan yirik tuzilma.
JavaScriptda mashhur kutubxonalar va frameworklar
Kutubxonalar:
– jQuery
– Axios
– Chart.js
Frameworklar:
– React
– Angular
– Vue.js
– Next.js
– Node.js (backend uchun)
JavaScript nega mashhur?
JavaScript dastlab faqat frontend — ya’ni brauzerda ishlaydigan kodlar uchun mo‘ljallangan edi.
Lekin hozirda u Node.js yordamida backend (server tomoni)da ham ishlatilmoqda.
Bu esa JavaScript’ni to‘liq universal tilga aylantirdi.
2024-yilgi statistikaga ko‘ra, JavaScript hali ham dunyo bo‘yicha eng ko‘p ishlatiladigan dasturlash tili bo‘lib turibdi — 67.8% dasturchilar undan foydalanadi (StackOverflow Developer Survey 2023).
JavaScript — hozirgi web-dasturlash dunyosining yuragi.
U oddiydan murakkabgacha bo‘lgan ilovalarni yaratishda eng ko‘p qo‘llaniladi.
Uni o‘rganish orqali siz frontend, backend va hatto mobil ilovalar yaratishga ham qadam qo‘yishingiz mumkin.
Top comments (0)