DEV Community

Munisa Kuranbekova
Munisa Kuranbekova

Posted on

Logical operators - mantiq operatorlari

Assalomu aleykum! Bugungi mavzuyimiz mantiq operatorlari haqida bo'ladi. C++ dasturlash tilida mantiq operatorlari belgilar orqali ifodalanadi. Bir necha shartlarni bog'lash uchun ham maxsus belgilar mavjud.
&& - va
|| - yoki
! - yo'q ya'n bunday emas yoki to'g'ri kelmaydi.

&&(and) - shu operator ishlatilganda quyidagi shartlar asosida to'g'ri yoki notog'ri javobini qaytaradi.
True && True => True
True && False => False
False && True => False
False && False => False

Agar biror kim tushunmagan bo'lsa True - to'g'ri va False - xato degan ma'noni anglatadi.

Keyingi operatorimiz ||(or) yoki operatori.
True || True => True
True || False => True
False || True => True
False || False => False

ko'rib turganingizdek or operatorini ishlatayotganda shartimiz to'g'ri bo'lishi uchun 2 ta shartdan bittasi to'g'ri bo'lishi kifoya.
! - ushbu operatorga keladigan bo'lsak , bu operator tog'ri bo'lsa notog'ri yoki noto'g'ri bo'lsa to'g'ri deb qaytaradi.
True! => False
False! => True

Top comments (0)