TikTok-ning ilova ichidagi brauzeri parollar va kredit kartalarni o'z ichiga olishi mumkin bo'lgan barcha tugmalar va klaviatura kiritishlarini kuzatish uchun kodni kiritadi. Bu nima degani? Ya'ni siz TikTokning o'zini "in-app" brauzeridan foydalangan holda amalga oshirgan barcha harakatlaringizni TikTok o'ziga saqlab qoladi.
TikTok iOS ilovasida istalgan havolani ochganingizda, u ularning ilova ichidagi brauzerida ochiladi. Veb-sayt bilan o'zaro aloqada bo'lganingizda, TikTok barcha klaviatura yozuvlariga (jumladan, parollar, kredit karta ma'lumotlari va h.k.) va ekrandagi har bir teginishga, masalan, qaysi tugmalar va havolalarni bosishingizga obuna, ya'ni, kuzatib boradi.
Quyida, TikTok app tomonidan bajariladigan barcha JavaScript buyruqlar ro'yxati:
Ushbu topilmalar inappbrowser.com yordamida aniqlangan va bir necha OTMlarda rossa aylangan. Forbes.com xabariga ko'ra, TikTok rasmiyi ushbu topilmalarga izoh qoldirgan. Ya'ni, ular bu JavaScript codelarini foydalanuvchilarning foydasi uchun yozishgan va ular ushbu malumotlarni hech qanday yomon maqsadda ishlatishmasligi ni aytgan.
Shaxsan men bunga ishonmayman va bu bayonot rost bo'lganda ham kelajakda bu malumotlar ishlatilmasligiga hech kim kafolat bera olmaydi deb o'ylayman.
inappbrowser.com asoschisi nafaqat TikTok balki boshqa mashxur ilovalar haqida ham ajoyib maqolalar yozgan. Masalan Instagram, Facebook va hk. Ingliz tilini biladigan qiziqsa o'qib ko'rishingiz mumkin:
Link:
iOS Privacy: Instagram and Facebook can track anything you do on any website in their in-app browser
Top comments (0)