Dasturlashda ma'lumotlar bilan ishlash uchun bizga ularni saqlashga joy kerak bo'ladi. C++ da bu joylar O'zgaruvchilar (Variables) deb ataladi.
- Ma'lumot turlari: Quti turlari(Data type) Tasavvur qiling, siz ko'chyapsiz. Sizda turli xil narsalar bor: kitoblar, muzlatgich va bitta dona kalit. Siz hammasini bir xil qutiga solmaysiz-ku, to'g'rimi?
C++ da ham shunday qutilar (data types) bor:
-int (Integer) — Bu qutiga faqat butun sonlar sig'adi (masalan: 10, -5, 1000). Ichiga olma solingan quti deb tasavvur qiling (yarimta olma bo'lmaydi).
-double — Bu qutiga o'nli kasr sonlar sig'adi (masalan: 3.14, 15.5). Bu xuddi suv solingan idishga o'xshaydi — xohlagancha miqdorda quyish mumkin.
-char (Character) — Bu juda kichik quti bo'lib, unga faqat bitta belgi sig'adi (masalan: 'A', '7', '%').
-string — Bu quti emas, balki uzun poyezd kabi. Unda harflar ketma-ket ulanadi (masalan: "Salom", "C++ zo'r").
-bool (Boolean) — Bu eng kichik quti. Unda faqat ikkita holat bo'lishi mumkin: to'g'ri (true) yoki noto'g'ri (false). Xuddi chiroq o'chirgichi (yoqilgan/o'chirilgan) kabi.
- O'zgaruvchini e'lon qilish (Quti yasash) Quti yasash uchun biz uning turini aytishimiz va unga nom berishimiz kerak:
cpp
int yosh = 25; // "yosh" degan butun sonli quti va uning ichida 25 bor
double narx = 19.99; // "narx" degan kasr sonli quti
char harf = 'B'; // "harf" degan belgili quti
string ism = "Ali"; // "ism" degan matnli quti
bool uylanganmi = false; // mantiqiy quti
4.__ Qutilarni nomlashda__ "Mumkin emas!" qoidalari
Har qanday qutini xohlagancha nomlay olmaysiz. C++ ning o'z "qonun-qoidalari" bor:
-Raqam bilan boshlanishi mumkin emas:
int 1son; xato
int son1; to'gri
-Bo'shliq (probel) bo'lishi mumkin emas:
string mening ismim; xato
string mening_ismim; yoki string meningIsmim; to'g'ri
-Maxsus belgilar ishlatish mumkin emas:
(!, @, #, $, % va h.k.)
double narx$; xato
faqatgini "_" buni ishlata olamiz.
- Syntix dagi so'zlardan foydalanib bo'lmaydi: int main; yoki int return;xato (Chunki bu so'zlar C++ uchun maxsus vazifani bajaradi).
Top comments (0)