Ternary Operator o'zi nima? 🤔
Ternary (uchlik) operatori — bu shartni tekshirib, natijaga qarab ikkita qiymatdan birini tanlaydigan qisqa yo'ldir.
Sintaksis:shart ? (to'g'ri bo'lsa) : (xato bo'lsa);
Oddiy misol:
cpp
int yosh = 20;
string natija = (yosh >= 18) ? "Kattalar" : "Bolalar";
cout << natija; // Natija: Kattalar
Enter fullscreen mode
Exit fullscreen mode
Nested Ternary (Ichma-ich ternary)
Ba'zan shartlar bittadan ko'p bo'ladi. Bunday holda bitta ternary operatori ichiga ikkinchisini joylashtirish mumkin.
Misol: Sonning ishorasini aniqlash
cpp
int son = -5;
string holat = (son > 0) ? "Musbat" : (son < 0) ? "Manfiy" : "Nol";
cout << holat; // Natija: Manfiy
Enter fullscreen mode
Exit fullscreen mode
Top comments (0)