DEV Community

ismoilov mukhammadumar
ismoilov mukhammadumar

Posted on

C++ da Type Casting: Bir turdan ikkinchisiga o'tish

Dasturlashda ba'zan bir turdagi ma'lumotni boshqa turga o'tkazishga to'g'ri keladi. Masalan, kasr sonni butun songa aylantirish yoki ikki butun sonni bo'lganda aniq natija olish. Bu jarayon Type Casting (turlarni konvertatsiya qilish) deb ataladi.

  • C++ da buning ikki xil yo'li bor: Avtomatik va Majburiy.
  1. Implicit Casting (Avtomatik o'tish) 🪄 Bu jarayon kompyuter tomonidan avtomatik bajariladi. Kichikroq turdagi ma'lumot kattaroq turga o'tkazilganda hech qanday ma'lumot yo'qolmaydi.
Misol: int turidagi sonni double turiga o'tkazish.
cpp
int butun = 10;
double kasr = butun; // Avtomatik ravishda 10.0 bo'ladi

cout << kasr; // Natija: 10
Enter fullscreen mode Exit fullscreen mode
  1. Explicit Casting (Mexanik o'tish)
  • Agar siz kattaroq turni kichikroq turga o'tkazmoqchi bo'lsangiz (masalan, double -> int), ma'lumotning bir qismi yo'qolishi mumkin. Shuning uchun buni kompyuterga majburan aytishingiz kerak.
cpp
double narx = 19.99;
int yaxlit = (int)narx; // Nuqtadan keyingi qism shunchaki o'chib ketadi

cout << yaxlit; // Natija: 19
Enter fullscreen mode Exit fullscreen mode

Shuni eslatib o'tish kerakki:float dan integer ga casting qilishda ma'lumot yoqoladi.

Ya'ni '.' dan keyingi qism o'chib ketadi

Top comments (0)