DEV Community

Cover image for Auto Layout & Responsive
Samandar Hodiev
Samandar Hodiev

Posted on

Auto Layout & Responsive

Auto Layout & Responsive Design: Figma’da Professional UI Yaratish Asosi

Zamonaviy UI dizayn faqat chiroyli ko‘rinish bilan o‘lchanmaydi. Dizayn moslashuvchan, barqaror va real product sharoitiga tayyor bo‘lishi kerak. Figma’da bunga erishishning eng asosiy vositasi — Auto Layout.


Auto Layout nima va nega muhim?

Auto Layout bu elementlarni qat’iy koordinatalar bilan emas, mantiqiy tuzilma asosida joylashtirish tizimi. Ichidagi kontent o‘zgarganda, dizayn avtomatik moslashadi.

Misol:

  • Button ichidagi text uzunlashsa, button kengayadi

  • Card ichiga yangi element qo‘shilsa, balandlik avtomatik oshadi

Bu yondashuv dizaynni statik rasm emas, tirik interfeysga aylantiradi.

this is autolayout descriper


Padding va Spacing

Auto Layout’ning asosiy ustunliklaridan biri masofalarni aniq boshqarishdir.

  • Padding — element ichidagi kontent bilan chegaralar orasidagi masofa. Bu button, card va input’lar uchun muhim.

  • Spacing — bir nechta elementlar orasidagi masofa. Auto Layout orqali bu qiymat doim barqaror bo‘lib qoladi.

Natijada dizayn vizual jihatdan toza va tizimli ko‘rinadi.


Vertical va Horizontal yo‘nalish

Auto Layout yo‘nalishi layout tuzilishini belgilaydi:

  • Vertical: elementlar yuqoridan pastga joylashadi. Listlar, card ichidagi kontent, formalar uchun ishlatiladi.

  • Horizontal: elementlar chapdan o‘ngga joylashadi. Navbar, button ichidagi icon + text kabi holatlar uchun mos.

To‘g‘ri yo‘nalish tanlash dizayn mantiqini aniq ko‘rsatadi.

Vertical & Horizontal


Hug, Fill va Fixed tushunchalari

Bu sozlamalar element o‘lchamining qanday boshqarilishini aniqlaydi:

  • Hug contents: element o‘lchami ichidagi kontentga moslashadi. Text o‘zgarsa, element ham o‘zgaradi.

  • Fill container: element parent bo‘sh joyini to‘ldiradi. Responsive layout’lar uchun juda muhim.

  • Fixed: qat’iy o‘lcham. Faqat maxsus holatlarda ishlatiladi, aks holda responsive’ni buzadi.

Professional dizayn asosan Hug va Fill kombinatsiyasiga tayanadi.


Constraints

Constraints Auto Layout ishlatilmagan frame’larda responsive xatti-harakatni belgilaydi. Element qaysi tomonga yopishib turishini va ekran o‘lchami o‘zgarganda qanday harakat qilishini aniqlaydi.

Masalan:

  • Left + Right → element ekran bilan birga kengayadi

  • Center → har doim markazda qoladi


Responsive dizayn va Auto Layout aloqasi

Responsive dizayn degani interfeys har xil ekran o‘lchamlarida mantiqan va vizual jihatdan to‘g‘ri ishlashi. Figma’da bunga erishishning eng ishonchli yo‘li — Auto Layout’ni to‘g‘ri qurish.

Auto Layout ishlatilgan dizayn:

kontent o‘zgarishiga tayyor bo‘ladi
developer uchun tushunarli bo‘ladi
real product’da kamroq muammo keltirib chiqaradi

Xulosa

Auto Layout bu Figma’dagi qo‘shimcha funksiya emas, balki professional UI dizaynning asosi. Padding, spacing, yo‘nalish, Hug/Fill va Constraints birgalikda ishlaganda dizayn haqiqatan ham moslashuvchan va ishonchli bo‘ladi.

Agar dizayn Auto Layout’siz bo‘lsa, u faqat chiroyli rasm. Auto Layout bilan esa u real interfeysga aylanadi.

Top comments (0)