DEV Community

Cover image for Figma - Asosiy tushunchalar va tez boshlash qo‘llanmasi
Samandar Hodiev
Samandar Hodiev

Posted on

Figma - Asosiy tushunchalar va tez boshlash qo‘llanmasi

Figma bugungi kunda UI/UX dizaynerlar va front-end dasturchilar uchun eng samarali vositalardan biri. Shu maqolada Figma interfeysini tez tushunish va samarali ishlash uchun kerakli asosiy tushunchalarni ko‘rib chiqamiz.

1. Figma account va yangi fayl

Figma.com’da bepul account yaratib, “New File” tugmasi orqali loyihaga start berish mumkin. Har bir yangi fayl – sizning ish canvasingiz bo‘lib, unga ekranning har qanday elementlarini joylashtirishingiz mumkin.

2. Page vs Frame

Page – loyihaning katta bo‘limi (misol: Homepage, Dashboard).

Frame – individual ekran yoki UI blok, ichida boshqa elementlar va frame’lar bo‘lishi mumkin.

Figma’da hamma narsa Frame ichida joylashadi. Shu sababli Frame bilan ishlash dizayner uchun asosiy ko‘nikma hisoblanadi.

3. Canvas, Move va Scale

Canvas – ishlash maydoni, unda elementlarni joylashtirasiz va tekshirasiz.

Move – elementni pan orqali ko‘chirish.

Scale – elementning o‘lchamini kattalashtirish yoki kichiklashtirish (Shift + Drag nisbatni saqlaydi).

Tez harakatlanish uchun:

  • Zoom: Ctrl / Cmd + Scroll
  • Pan: Space + Drag

4. Layers panel

Layers panel har bir elementni tartiblaydi, yashirish, lock qilish va guruhlash imkonini beradi. Katta loyihalarda elementni topish va tuzatish uchun layers paneldan foydalanish samara beradi.

5. Shortcut’lar va samaradorlik

Asosiy shortcut’lar:

  • R – Rectangle
  • O – Circle
  • T – Text
  • Ctrl / Cmd + D – Duplicate

Shortcut’larni bilish ish jarayonini tezlashtiradi va samaradorlikni oshiradi.


Menu, Canvas, Layers, ...

Canvas, Layers, ...

Xulosa

Figma bilan ishlashni boshlash uchun bu asosiy tushunchalarni bilish yetarli. Page va Frame farqi, layers panel, Move/Scale va shortcut’larni o‘rganish sizga erkin dizayn yaratish imkonini beradi. Ushbu poydevor sizni murakkab interfeyslar va prototiplarga tayyorlaydi.

Top comments (0)