Assalomu alaykum foydalanuvchilar
Bugun C++ da Integer types (butun son turlari) haqida qisqa va tushunarli ma’lumot beraman.
Integer nima?
Integer — bu butun sonlar degani.
Masalan:
-5, 0, 10, 125
Kasr sonlar (5.6, 3.14) integer emas
C++ da butun son turlari
C++ da bir nechta butun son turlari bor:
1️⃣ int
Eng ko‘p ishlatiladi.
Oddiy butun sonlar uchun.
Masalan:
int age = 18; // age = 18
2️⃣ short
Kichikroq sonlar uchun.
Xotirada kamroq joy egallaydi.
short son = 100; // son = 100
3️⃣ long
Kattaroq sonlar uchun.
long lnum = 1000000; // lnum = 1000000
4️⃣ long long
Juda katta sonlar uchun.
long long Bnum = 12345678900; // Bnum = 12345678900
Farqi nimada?
Farqi — qancha katta son saqlay olishida.
Qancha katta tur bo‘lsa, shuncha katta son saqlaydi.
Top comments (0)