C++ da Arifmetik Operatorlar
C++ dasturlash tilida arifmetik operatorlar sonlar ustida matematik amallar bajarish uchun ishlatiladi. Agar siz kalkulyatorda qanday amal qilsangiz, C++ da ham deyarli shunday ishlaydi.
arefmetik operatorlar: +, -, *, /, % (modulus)
ikkita operand ustida amal bajaradi.
-
+(Qo‘shish)
Ikki sonni qo‘shish uchun ishlatiladi.
int a = 5;
int b = 3;
int c = a + b; // Natija: 8
-
-(Ayirish)
Bir sondan ikkinchi sonni ayiradi.
int a = 10;
int b = 4;
int c = a - b; // Natija: 6
-
*(Ko‘paytirish)
Sonlarni ko‘paytirish uchun ishlatiladi.
int a = 6;
int b = 7;
int c = a * b; // Natija: 42
-
/(Bo‘lish)
Bir sonni ikkinchi songa bo‘ladi.
int a = 10;
int b = 2;
int c = a / b; // Natija: 5
-
%(Qoldiq – Modulus)
Bo‘lishdan qolgan qoldiqni qaytaradi. Faqat butun sonlar bilan ishlaydi.
int a = 7;
int b = 3;
int c = a % b; // Natija: 1
Top comments (0)