C++ da setw() va setfill() – chiroyli formatlashda ishlatiladi.
C++ da oddiy cout bilan ma’lumot chiqarish oson. Lekin natijani chiroyli, tekis va tartibli ko‘rsatish kerak va setw() va setfill() bu funksiyani bajaradi.
Bu funksiyalar <iomanip> kutubxonasiga tegishli.
setw() nima qiladi?
setw() — chiqarilayotgan qiymat uchun kenglik (width) belgilaydi.
Ya’ni, nechta joy egallashini aytamiz.
Misol
#include <iostream>
#include <iomanip>
using namespace std;
int main()
{
cout << setw(5) << 10 << endl;
return 0;
}
10
setw(5) — 5 ta joy ajratdi.
10 esa o‘ng tomonga tekislandi.
Oldiga 3 ta probel qo‘shildi.
setw() faqat bitta keyingi qiymat uchun ishlaydi.
Masalan
cout << setw(5) << 10 << 20;
Bu yerda faqat 10 formatlanadi. 20 oddiy chiqadi.
setfill() nima qiladi?
setfill() — bo‘sh joyni qaysi belgi bilan to‘ldirishni belgilaydi.
Default holatda bo‘sh joy probel ( ) bilan to‘ladi.
Misol
cout << setfill('*') << setw(5) << 10;
Natija
***10
5 ta joy ajratildi
Bo‘sh joylar * bilan to‘ldirildi
Ikkalasini bir vohta ishlatish:
cout << setfill('0') << setw(5) << 42;
Natija
00042
Top comments (0)