DEV Community

Zahro
Zahro

Posted on

3. Namespace

a) Namespace nima?

Namespace bu C# tilida classlar, structlar, enumlar, va boshqa kod elementlarini mantiqiy guruhlarga ajratishga yordam beruvchi qobiq. Bu turli xil elementlarning nom to‘qnashuvini oldini oladi va kodni tashkil qilishda yordam beradi.

b) Namespace qanday ishlatiladi?

Namespace yordamida bir xil nomdagi classlar yoki boshqa kod elementlarini turli joylarda ishlatish mumkin. Namespace ni belgilash uchun namespace kalit so‘zi ishlatiladi.

Bu class boshqa joydagi nom to‘qnashuvini oldini oladi va MyNamespace.MyClass sifatida chaqirilishi mumkin.

c) Quyidagi kodni tahlil qiling:

using System;

namespace MyNamespace
{
class Program
{
static void Main(string[] args)
{
Console.WriteLine("Hello World!");
}
}
}

Tahlil:
Bu kodda System namespace dan foydalanilyapti, u ichida Console class bor.
MyNamespace deb nomlangan o‘ziga xos namespace yaratilgan, bu esa Program classini o‘z ichiga oladi.
Program classning Main methodi dastur bajarilishining boshlang'ich nuqtasi va konsolga "Hello World!" matnini chiqaradi.**

Top comments (0)