DEV Community

Zahro
Zahro

Posted on

4. Value Type va Reference Type

a) Value type va reference type nima?

Value Type: Bu turdagi o'zgaruvchilar to'g'ridan-to'g'ri qiymatni saqlaydi. Value type o'zgaruvchilarni bir-biriga tenglashtirganda, ular o'z qiymatlarini nusxa ko'rinishida saqlab o'tadi. C# dagi int, float, bool kabi turlar value type hisoblanadi.

Reference Type: Bu turdagi o'zgaruvchilar qiymatning manzilini saqlaydi, ya'ni ma'lumotga ko'rsatma beradi. Reference type o'zgaruvchilarni tenglashtirganda, ular qiymatni emas, balki xotiradagi manzilni o'zaro baham ko'radi. C# da class, string, array kabi turlar reference type hisoblanadi.

b) Quyidagi kodni tushuntiring:

int a = 5;
int b = a;
b = 10;
Console.WriteLine(a);

Bu yerda a va b — value type (int). Dastlab b ga a ning qiymati beriladi (b = a). Lekin, keyinroq b ning qiymati o'zgartiriladi (b = 10). Ammo bu o'zgarish a ga ta'sir qilmaydi, chunki ular alohida xotira maydonlariga ega. Shuning uchun, Console.WriteLine(a) ning natijasi 5 bo'ladi.

Top comments (0)