Tarmoqlash (branching
) gitning juda zo‘r va kerakli imkoniyatlaridan biri. Tarmoqlash yordamida loyihada yangi o‘zgarishlarni qo‘shishimiz, xatoliklarni tuzatishimiz yoki yangi g‘oyalarni sinab ko‘rishimiz mumkin va eng asosiysi bularni loyihamizdagi asosiy (main
) tarmoqqa ta’sir qilmagan holda bajarolamiz.
Tarmoq (branch
) yaratish
git branch
buyrug‘i bizga mahalliy ya’ni o‘zimizni kompyuterimizda, shu loyihada nechta tarmoq yaratilgan bo‘lsa ro'yxatini ko‘rsatadi. Yonida *
belgi turgani hozir ishlayotgan tarmoq hisoblanadi. Boshida odatda faqat main
tarmog‘i bo‘ladi.
git branch <yangi-tarmoq-nomi>
buyrug‘i yordamida yangi tarmoq yaratolamiz. Masalan
git branch feature/hisobni-tahrirlash
degan buyruq feature/hisobni-tahrirlash
nomli yangi tarmoq yaratadi.
Boshqa tarmoqqa o‘tish
Yaratganimizdan so‘ng
git checkout feature/hisobni-tahrirlash
buyrug‘i yordamida yangi yaratilgan tarmoqqa o‘tolamiz.
Tarmoqlarni birlashtirish
Yangi tarmoq yaratdik, unga o‘tib qilinishi kerak bo‘lgan ishlarni qildik, endi navbat o‘sha o‘zgarishlarni asosiyga qo‘shish. Buning uchun oldin asosiyga o‘tib
git merge feature/hisobni-tahrirlash
buyrug‘ini yozamiz. Bu buyruqni berganingizda git o‘sha tarmoqni asosiy bilan birlashtirishga urinadi, shu holatda conflict
ya’ni ikkita tarmoq o‘rtasida kelishmovchilik chiqishi mumkin. Agar shunday bo‘lsa kelishmovchiliklarni to‘g‘rilaymiz keyin birlashtirish tugatiladi. Kelishmovchiliklarni to‘g‘rilash haqida nasib qilsa keyingi maqolalarda gaplashamiz.
Tarmoqni o‘chirish
Biron tarmoq kerak bo‘lmay qolsa, masalan o‘zgarishlar asosiyga qo‘shildi endi o‘zgarishlar yozilgan tarmoq bizga kerak emas. Uni o‘chirish uchun quyidagi buyruqni yozamiz
git branch -d feature/hisobni-tahrirlash
Yuqorida feature/hisobni-tahrirlash
degan tarmoq nomi shunchaki misol tariqasida yozildi, siz o‘zingiz xohlagan tarmoq nomini yozasiz uni o‘rniga.
Tarmoqlarni nomlash qoidalari
Tarmoqlarni nomlaganda tartibli bo‘lgan yaxshi. Shu sababdan quyidagidek nomlash qoidalari kelib chiqqan.
feature/<yangi-imkoniyat>
: Bu nomlash loyihaga yangilik ➕ qo‘shishda ishlatiladi odatda.
bugfix/<xatolik-tartib-raqami>
: Bu esa nomidan ma’lum xatoliklarni 🪲 to‘g‘rilash uchun yaratilgan tarmoqlar uchun foydalaniladi.
hotfix/<yonib-turgan-xatolik-tartib-raqami>
: Nomidan sezgandirsiz, loyihada tezda to‘g‘rilanishi kerak bo‘lgan yonib turgan 🔥 xatoliklar tarmoqlari shunday nomlanadi.
Bunday nomlashga majbur emasmiz lekin shu nomlash qoidalariga amal qilsak loyiha tarixini kuzatish va tushunish ancha osonlashadi. Odatda ko‘p kompaniyalarda shunday qoidalar bo‘ladi va xodim sifatida unga amal qilishimiz zarur.
Xulosa
Demak bu maqolada yangi tarmoq yaratish, unga o‘tib ishlash, o‘zgarishlarni asosiyga qo‘shish, tarmoqni o‘chirish va nomlash qoidalarini o‘rgangan bo‘ldik.
Barchasini o'zingiz sinab ko'ring. Fikr yoki savollaringiz bo'lsa izohda qoldiring.
Omad 💪
©️rasm
Top comments (0)