Some CLI Commands
- For Linux or MacOS
1. pwd => Print Working Directory - ushbu buyruq orqali buyruqlar satridagi joriy turgan katalogingizni yoki hozir terminalda qayerda turganingizni bilib lishingiz mumkin. Masalan:
pwd /home/username/projects
2. mkdir => Make Directory - ushbu buyruq orqali joriy turgan katalog ichiga yangi folder yaratish mumkin. Masalan:
mkdir MyFirst-CLI-Folder
3. rm => Remove - ushbu buyruq fayllarni o'chirish uchun xizmat qiladi. Ammo -r parametrini qo'shgan holda folderlarni ham o'chirish mumkin.
rm FolderName // FolderName nomli Folderni o'chiradi rm FileName.FileExtension // FileName nomli Fileni o'chiradi. rm * // Joriy katalogdagi barcha file va folderlarni o'chiradi. rm -r FolderName // Rekursiv tarzda o'chiradi.
4. cd => Change Directory - ushbu buyruq bizga CUI => Character User Interface orqali ya'ni grafikasiz interfeys orqali kataloglar orasida almashinishga yordam beradi. cd buyrug'idan keyin Path ham berish mumkin.
cd FolderName //joriy katalogdan FolderName folderiga kiradi. cd .. //joriy katalogdan chiqish uchun xizmat qiladi. cd /source/repos/MyFirstConsoleApp
5. ls => list - ushbu buyruq orqali joriy katalog ichidagi file va folderlar ro'yxatini olish mumkin.
ls // Output FolderA FolderB File.txt Test.docx
6. touch - ushbu buyruq Filelarni yaratishga xizmat qiladi.touch salom.txt // Bitta salom.txt nomli file yaratib beradi. touch Hello.txt World.txt // Bitta va undan ortiq filelar yaratish
- For Windows
1. mkdir => Make Directory - ushbu buyruq orqali joriy turgan katalog ichiga yangi folder yaratish mumkin. Masalan:
mkdir MyFirst-CLI-Folder
2. dir - ushbu buyruq joriy katalogda joylashgan barcha File va Folderlarni ro'yxatini chiqarish uchun xizmal qiladi. Masalan:
dir
3. rm => Remove - ushbu buyruq orqali fayl yoki kataloglarni o'chirish mumkin.rm FolderName // FolderName nomli Folderni o'chiradi rm FileName.FileExtension // FileName nomli Fileni o'chiradi. rm * // Joriy katalogdagi barcha file va folderlarni o'chiradi.
4. cd => Change Directory - ushbu buyruq bizga CUI => Character User Interface orqali ya'ni grafikasiz interfeys orqali kataloglar orasida almashinishga yordam beradi. cd buyrug'idan keyin Path ham berish mumkin.
cd FolderName //joriy katalogdan FolderName folderiga kiradi. cd .. //joriy katalogdan chiqish uchun xizmat qiladi. cd /source/repos/MyFirstConsoleApp
About the .NET CLI
.NET SDK => Software Development Kit ning asosiy komponentalaridan biri hisoblanib, buyruqlar satri ya'ni CLI => Command Line Interface orqali .NET ilovalarini
ishlab chiqish
,yaratish
,ishga tushirish
vailovalararo bog'liqliklarni boshqarish
,testlarni ishga tushirish
va shunga o'xshagan bir qancha qulayliklarni taqdim qiluvchi dasturdir.
Solution
Solution - bu bir nechta Projectlar uchun konteyner bo'lib uning ichida bitta yoki undan ortiq Projectlar bo'ladi. Masalan:
Mobile App
,Desktop App
,Web App
,Console App
,Class Libary
va boshqalar. Ya'ni Solution Projectlarni birlashtirib turuvchi konteyner bo'lib Projectlar orasidagi qaramliklarni, loyiha konfiguratsiyalarini o'zida saqlaydi.
About the .NET Templates
.NET Shablonlari .NET SDK ning asosiy komponentalaridan biri bo'lib .NET SDK o'rnatilgan paytda standart shablonlar avtomatik tarzda o'rnatiladi. .NET shablonlari dasturchilarga .NET ilovalari va komponentalarini tez va samarali yaratishda yordam beradigan oldindan tayyorlangan loyiha yoki element tuzilmalaridir. .NET ekotizimi o'zining ko'plab shablonlariga ega. Masalan:
Class Libary
,Console App
,ASP.NET Core Web API
,Blazor Web App
,.NET MAUI App
,WPF Applications
va boshqalar Shablonlar loyiha turini belgilab beradi.
Some .NET CLI Commands
- Get a list of Templates
.NET SDK o'rnatilgan tizimda shablonlar ro'yxatini quyidagicha script orqali olish mumkin:
dotnet new list
- .NET CLI orqali loyiha yaratish
1. Oddiy Console Project yaratish - ushbu scriptda
--name
va--output
lar oddiy parametrlar bo'lib, ularni-n
va-o
kabi qisqartirib yozish mumkin. Agar loyiha nomini bermasangiz loyiha nomi loyiha joylashtirilgan folder nomi bilan bir xil bo'ladi va aksincha loyiha joylashuvi berilmasa loyiha joriy katalog ichiga joylashtiriladi. Agar ikkalasi ham berilmasa Project joriy katalogga joriy katalog nomi bilan yaratiladi. Masalan:dotnet new console --name MyFirstConsoleApp --name ProjectName --output {Path or FolderName} dotnet new console -n ConsoleApp -o {Path or FolderName} dotnet new console -n ConsoleApp -o C:/Users/User/source/repos/ dotnet new console -n ConsoleApp -o repos dotnet new console -n ConsoleApp dotnet new console -o repos dotnet new console // --output parametri joylashuvi belgilash uchun ishlatiladi. // --name paratmetri Projectga nom berish uchun ishlatiladi.
2. Bo'sh Solution fayl yaratish - bo'sh Solution fayl yaratish ham tepadagi Console ilova yaratish kommandasi bilan deyarli bir xil. Masalan:
dotnet new sln -n MyFirstSolution -o repos dotnet new sln -o repos
3. Projectlarni Solutionga qo'shish. Masalan:
dotnet sln add ProjectName //Joriy katalogda faqat bitta Solution bo'lsa dotnet sln add ProjectName/ProjectName.csproj // 2-usul dotnet sln SolutionName.sln add ProjectName //Joriy katalogda bittadan ortiq Solution bo'lganida dotnet sln SolutionName.sln add ProjectName/ProjectName.csproj // 2-usul
- .NET
Build, Run, Test
Commands
1.dotnet build
- ushbu komanda manba kodini bajariladigan, ishlatish uchun tayyor bo'lgan fayllarga aylantirishga xizmat qiladi va ushbu jarayonga dasturning Build bo'lish jarayoni deyiladi. Ushbu komanda kiritilganda .NET SDK MSBuild(Microsoft Build Engine)ni chaqiradi. MSBuild bu Build jarayonini boshqarish uchun ishlatiladigan vosita bo'lib, Build jarayonini avtomatlashtirish uchun kerak bo'ladi.
IL => Intermediate Languagega kompilyatsiya qiladi va bu kodklar platformadan mustaqil tarzda ishlashga mo'ljallangan bo'ladi. Building vaqtida kodning turli qismlari, shu jumladan ichki, tashqi kutubxonalar va boshqa loyiha fayllari, dasturdagi barcha modullar yagona assemblyga birlashtiriliadi. Building jarayoni Incremental Build mexanizmini qo'llab quvvatlaydi. Ya'ni bu shuni anglatadiki, agar loyihadagi fayllarda o'zgarishlar mavjud bo'lsa .NET faqat o'zgartirish kiritilgan yangi fayllarni qayta kompilyatsiya qiladi. Bu esa dasturning Build bo'lish vaqtini tezlashtiradi. O'zgarishlar bor yoki yo'qligini tekshirishda esa Time Stamp Checking texnalogiyasidan foydalanadi. Ya'ni fayllarga o'zgartirish kiritilgan vaqtlarni va Fayl hajmini o'zgargan yoki o'zgarmaganligini tekshiradi. Agar loyiha kodlarida o'zgarish bo'lmasa .exe
va .dll
fayllari yangilanmaydi. Dastur birinchi marta Build qilinganda Project joylashgan papkadagi bin
va obj
papkalariga IL kodlari .exe
va .dll
formatlarida yoziladi. Kodga yangi o'zgartirishlar kiritilishiga qarab bu papka fayllari yangidan yoziladi..NET dasturlarini Terminal orqali build qilish uchun quyidagi buyruqdan foydalaniladi.
// Solution doirasida Build qilish.
dotnet build // Agar joriy katalogda bitta Solution bo'lsa.
dotnet build SolutionName.sln // Agar joriy katalogda bittadan ortiq Solution bo'lsa.
//Project doirasida build qilish.
dotnet build ProjectName/ProjectName.csproj
2. Run - Build qilingan dasturlarni ishga tushish jarayoniga dasturning Run bo'lish jarayoni deyiladi. CLI orqali .NET dasturlarini ishga tushirish uchun dotnet run
kommandasi ishlatiladi. Ushbu komanda dotnet dasturlarini kerak bo'lgan holatlarda oldin kompilyatsiya qilib keyin dasturni ishga tushiradi. Ushbu komanda orqali dasturga muhit o'zgaruvchilarini ham berib yuborish mumkin.
Top comments (0)