C++ dasturlash tili IT olamida oʻz oʻrniga ega boʻlgan dasturlash tilidir.C++ dasturlash tili C tillar oilasiga mansub bo'lib, dasturlashga endi qadam qoʻygan ilmiy jihatdan yosh dasturchilarga C++ dasturlash tilini oʻrganish maslahat beriladi.
C++ dasturlash tilida yozilgan eng sodda dasturlardan birini tahlil qilib bermoqchiman.
Masalan
#include <iostream>
using namespace std;
int main(){
cout<<"Hello World";
return 0;
}
Yuqorida C++ tilida yozilgan dastur bo'lib,Ushbu kodda yozilgan bazi element va operatorlar bilan tanishtirib o'taman.
1.#include <iostream>
- ushbu ko'rinishda C++ da kutubxona e'lon qilamiz.Har bir operatorning o'z kutubxonasini kodning yuqori qismida yozish kerak bo'ladi.Ushbu kod bo'yicha tahlil qiladigan bo'lsak cout
operatori kutubxonasi iostream
kutubxona e'lon qilishning umumiy shabloni esa #include <>
ko'rinishida va kutubxona nomini <>
lar orasiga yozishim talab etiladi.C++ da ko'p ishlatiladigan kutubxonalarni sanab o'tsam,iostream,iomanip va cmath
kabi kutubxonalardir
2.Kod yozishda ishlatilgan int main()
va return0
har bir C++ tilida yozilgan kodda mavjud bo'ladi va siz ular haqida siz keyinchalik funksiyalar mavzusida chuqurroq tanishib olishingiz mumkin.
cout<<"Hello World";
cout<<""
ushbu shablon C++ dasturlash tilida chiqarish operatori deyiladi va consolega ""
ushbu qo'shtirnoqlar orasiga nima yozadigan bo'lsak shu holatda terminalga chiqarib beradi.
Hello World
P.s Yuqorida C++ dasturlash tili bilan qisqacha tanishtirib o'tdim.
Top comments (0)