Agar siz hali Gmail email manziliga ega bo‘lmasangiz, quyidagi oddiy bosqichlarni bajaring. Ushbu qo‘llanma orqali siz Gmail akkauntini yaratishni o'rganasiz
🎥 Video yo‘riqnoma (O‘zbek tilida)
👉 Tomosha qiling: ▶️ Gmail’da Yangi Email Yaratish bo‘yicha video qo‘llanma
Yozma yo‘riqnoma (O‘zbek tilida)
1-bosqich: Gmail saytiga kiring
- Brauzeringizda https://mail.google.com manziliga kiring
- "Create account" tugmasini bosing
2-bosqich: Ismingizni kiriting
- First name: ismingiz
- Last name: familiyangiz
-
Username: tanlagan Gmail manzilingiz (masalan,
jasurkurbanov13072025
) - Password: kuchli parol tanlang
3-bosqich: Parol yaratish
- Kuchli parol tanlang: katta va kichik harflar, raqamlar va belgilar ishlating
🛠️ Tavsiya: LastPass Password Generator yordamida xavfsiz parol yarating
4-bosqich: Telefon raqamingizni kiriting
- Gmail sizdan telefon raqam so‘raydi — bu hisobingizni tiklash uchun kerak
- Kodni kiriting va Next tugmasini bosing
5-bosqich: Zaxira email va tug‘ilgan sana
- Tiklash uchun boshqa email (agar mavjud bo‘lsa)
- Tug‘ilgan kun, oy va yilni tanlang
- Jinsingizni tanlang
6-bosqich: Maxfiylik va shartlarni qabul qilish
- Google’ning xizmat ko‘rsatish shartlari bilan tanishing
- “I agree” tugmasini bosing
✅ Gmail email tayyor!
🎉 Tabriklaymiz! Siz muvaffaqiyatli Gmail akkaunt yaratdingiz va endi undan xabar yuborish, ro‘yxatdan o‘tish yoki ish uchun foydalanishingiz mumkin.
🧩 Topshiriq: 3 ta yangi email yarating
Ushbu topshiriqda siz Gmail.com’da 3 ta yangi email manzilini yaratishingiz kerak.
🔧 Nima qilish kerak?
- Har bir foydalanuvchi uchun to‘liq ism (ism + familiya) tanlang. Xoxlanga 3 ta har xil ism sharif tanlang va bungungi sanani kiriting oxirida
✅ Topshiriq uchun misollar:
--
-
Nodirbek Tursunov →
nodirbektursunov13072025@gmail.com
-
Ziyoda Ergasheva →
ziyodaergasheva13072025@gmail.com
-
Shohrux Karimov →
shohruxkarimov13072025@gmail.com
Top comments (0)