DEV Community

maxsharr
maxsharr

Posted on

C++ Ozgaruvchilar

Assalamu aleykum bugun siz bilan C++ dasturlash tilida o'zgaruvchilar haqida gaplashib olamiz.
O'zgaruvchilar ma'lumot qiymatini saqlab turuvchi konteyner, yoki stakan sifatida tushunishimiz mumkin. C++ dasturlash tilida turli xil o'zgaruvchilar mavjud bo'lib har biri tur xil kalit so'zlari bilan nomlangan.

O'zgaruvchilar - xotiraning nomlangan qismi bo'lib, o'zida ma'lum bir toifadagi qiymatlarni saqlaydi. O'zgaruvchining nomi va qiymatlari bo'ladi. O'zgaruvchining nomi orqali qiymat saqlanayotgan xotira qismiga murojaat qilinadi. Programma ishlashi jarayonida o'zgaruvchining qiymatini o'zgartirish mumkin. Har qanday o'zgaruvchini ishlatishdan oldin, uni e'lon qilish lozim.

1 int - 123 yoki -123 kabi butun sonlarni (butun sonlar ) saqlaydi.
2 float - 19.99 yoki -19.99 kasr sonlar uchun.
3 double - 19.99 yoki -19.99 kabi o'nli raqamlar, raqamlarini saqlaydi.
4 char - 'a' yoki 'B' kabi bitta belgilarni saqlaydi. Char qiymatlari bitta tirnoq bilan o'ralgan.
5 string - Hello World kabi matnlarni saqlaydi. Qator qiymatlari ikki tirnoq bilan o'ralgan.
6 bool - qiymatlarni ikki holat bilan saqlaydi: tog'ri yoki noto'g'ri, True yoki False (1 yoki 0).
O'zgaruvchi qisqa nomga ega bo'lishi mumkin (masalan, x va y) yoki ko'proq tavsiflovchi nom (yosh, ism, cpp,). C++ o'zgaruvchilar uchun qoidalar:

O'zgaruvchilar nomi raqam bilan boshlanmaydi!
O'zgaruvchi a - Z harf bilan boshlanib raqamlar ham aralashtirsa bo'ladi, son yoki son1.
O'zgaruvchi nomida katta va kichik harflar ahamiyatga ega bo'lib misol uchun aka va Aka ikki xil o'zgaruvchi nomi hisoblanadi!
Masalan: Bizga cpp nomli o'zgaruvchi nomi butun tipga tegishli vaqiymati 13 ga teng, ushbu o'zgaruvchi ekranga chiqaring.

#include <iostream>
using namespace std;

int main()
{

int cpp;
cpp = 13;
 cout << cpp;

return 0;
}
Enter fullscreen mode Exit fullscreen mode

Natija: 13.

Esdan chiqarmang.O'zgaruvchiga yangi qiymat kiritsangiz yoki tayinlasangiz oldingi mavjud o'zgaruvchi qiymati yuqoladi, quydagi misolda ko'ring.

#include <iostream>
using namespace std;

int main()
{

int son = 13; // son 13 ga teng edi
son = 20;    // endi son 20 ga teng
cout << son. // Natija: 20 chiqadi ekranga

return 0;
}
Enter fullscreen mode Exit fullscreen mode

O'zgaruvchi boshqa turlari.

`int` myNum = 5; // Butun qiymatli o'zgaruvchi
`double` myFloatNum = 5.99; // o'nli kasrli sonlar uchun
`char` myLetter = 'D'; //char tipga tegishli yani bitta belgilar uchun
`string` myText = "Hello World"; // Matn yoki Tekstlar uchun.
`bool` myBoolean = true; //Boolean tipi bunda rost yoki yolg'on
Enter fullscreen mode Exit fullscreen mode

(true or false), saqlaydi.
Bir nechta o'zgaruvchini e'lon qilish

Bir xil turdagi bir nechta o'zgaruvchini e'lon qilish uchun vergul bilan ajratilgan ro'yxat shakllantiriladi:

#include <iostream>
using namespace std;

int main()
{

int x = 13, y = 15, z = 4;
cout << x + y + z;

return 0;
}
Enter fullscreen mode Exit fullscreen mode

Natija butun qiymatdagi berilgan x,y,z lar yig'indisini hisoblaydi.

Bir qiymatdan bir nechta o'zgaruvchilarga.
Bundan tashqari, bir qatorda bir nechta o'zgaruvchilarga bir xil qiymatni belgilashingiz mumkin:

Misol uchun:

#include <iostream>
using namespace std;

int main()
{
int x, y, z;
x = y = z = 50;
cout << x + y + z;

return 0;
}
Enter fullscreen mode Exit fullscreen mode

Top comments (0)