2 yil ichida 3 xil joy, 3 xil atmosfera, har biri boshqa dars.
Birinchisi — banklar uchun boshqaruv tizimi (xodimlar, oyliklar, hujjat aylanishi) + support. Bu yerda tushundim: tizim yozish oson, uni ishlab turish qiyinroq.
Ikkinchisi — talabalar uchun ish topish startap platforma va Davlat Aktivlari Agentligi uchun moliyaviy tizim. Startapdan davlat miqyosigacha — talab darajasi butunlay boshqacha ekan.
Uchinchisi — kofe do'konlari uchun startap loyiha. Boshqa birov boshlagan kodni davom ettirdim. Bu yerda o'rgandim: birovning kodi ustiga qurish — noldan yozishdan ko'ra ko'proq sabr talab qiladi.
Xulosa qilganda, kod yozish — ishning bir qismi. Asosiysi, muammoni tushunish va tizimni real hayotda ishlata olish.
❓Sizga qaysi ko'proq o'rgatgan — noldan yozishmi yoki boshqa kod ustiga qurishmi?
👉 Telegram kanal — obuna bo'ling
Top comments (0)