Dasturlashda biz faqat sonlar bilan ishlamaymiz. Bizga ismlar, ramzlar va xabarlar kerak. Buning uchun C++ da eng asosiy vosita — char (Character) ma'lumot turidir.
- char o'zi nima?
char — bu xotiradan atigi 1 bayt (8 bit) joy egallaydigan ma'lumot turi. U o'zida faqat bitta belgini saqlay oladi.
Belgi: 'A', 'z', '$', '7', ' ' (bo'shliq).
Qoida: char qiymatlari har doim bittalik qo'shtirnoq (' ') ichiga olinadi.
Diqqat: "A" (ikkitalik qo'shtirnoq) — bu string (matn), 'A' (bittalik) — bu esa char.
- Harflar ortidagi "Yashirin Sonlar" (ASCII) Kompyuter "A" harfini tushunmaydi, u faqat 0 va 1 larni biladi. Shuning uchun har bir belgiga bitta butun son biriktirilgan. Bu tizim ASCII (American Standard Code for Information Interchange) deb ataladi.
'A' ➡️ 65
'a' ➡️ 97
'0' ➡️ 48
cpp
char harf = 'B';
cout << harf; // Natija: B
cout << int(harf); // Natija: 66 (Uning ASCII kodi)
Top comments (0)