DEV Community

Cover image for Shakllar va Matn Bilan Ishlash
Samandar Hodiev
Samandar Hodiev

Posted on

Shakllar va Matn Bilan Ishlash

Figma Asoslari: Shakl Chizish va Matn Bilan Ishlash

Figma’da dizayn boshlash uchun shakllar va matn bilan ishlashni bilish juda muhim. Quyida asosiy tushunchalar va amaliy yo‘llar keltirilgan.

01)Frame va Rectangle

Frame – bu konteyner. Ichiga boshqa elementlarni (text, image, rectangle) joylashtirish mumkin. Frame bilan ichidagi elementlarni birga boshqarish oson.

Rectangle – oddiy dizayn elementi. Fon, tugma yoki kardning shakli sifatida ishlatiladi.

02)Text layer

Text layer - matn qo‘shish uchun ishlatiladi (T tugmasi bilan).

Siz font, o‘lcham, rang, line height va alignment’ni sozlashingiz mumkin.

Text element frame ichida bo‘lsa, frame bilan birga harakatlanadi.

03)Fill va Stroke

Fill – layer ichki rangi.

Stroke – layer chegarasi, qalinligi va rangini sozlash mumkin.

04)Corner Radius va Gradient

Corner radius – layer burchaklarini yumaloqlashtiradi.

Gradient – rang o‘zgarishini beradi (linear, radial, angular). Tugmalar, kartalar va fonlarda ishlatiladi.

05)Shadow

Shadow elementga chuqurlik beradi va dizaynni jonli qiladi.

Figma’da Drop shadow (tashqi) va Inner shadow (ichki) mavjud.

07)Align & Distribute

Align – layer’larni bir tekisga joylashtirish.

Align

Distribute – bir nechta layer’larni teng masofada taqsimlash.

Distribute

Figma’da shakl va matn bilan ishlashni o‘rganish dizayningizni tez va samarali qilishga yordam beradi. Frame va rectangle farqlarini, text, fill, stroke, shadow va gradientlarni bilish sizgaa professional dizayn ishlabchiqich uchun mustahkam poydevor bo'ladi.

Top comments (0)