O'zbekistonda To'lovlarni Qabul qilish: Merchant litsenziyasiz, Bepul va Ochiq Kodli Yechim
Kichik biznes yoki startap boshlayotganingizda, to'lov tizimlarini (Click, Payme, Uzum) integratsiya qilish har doim bosh og'rig'i bo'lgan: STIR, bank shartnomalari, merchant litsenziyalar va yuqori komissiyalar. Ko'pincha, biznes endi oyoqqa turayotgan paytda, bu jarayonlar loyihani to'xtatib qo'yishi mumkin.
Shu muammoga yechim sifatida men Algorix Pay – Laravel uchun open-source paketini yaratdim.
Bu nima va u qanday ishlaydi?
Algorix Pay – bu Userbot-based P2P to'lov qabul qiluvchi kutubxona. U bank botlari (Click, Payme, Uzum) xabarlarini MTProto orqali o'qiydi, tahlil qiladi va Laravel Event sifatida sizning ilovangizga yuboradi.
Nima uchun MTProto (Userbot)?
Telegram Bot API oddiy foydalanuvchilar yoki bank botlari o'rtasidagi yozishmalarni ko'ra olmaydi. Biznes shartnoma qilmagan hollarda, bank xabarlari shaxsiy akkauntingizga keladi. Algorix Pay esa aynan shu muammoni hal qiladi – u MadelineProto yordamida bank botlari bilan bog'lanadi va xabarlarni xuddi inson kabi "o'qiydi".
Asosiy imkoniyatlar:
Zero Commission: Hech qanday vositachi yoki uchinchi tomon platformasiga pul to'lamaysiz. Barcha to'lovlar to'g'ridan-to'g'ri kartangizga tushadi.
Event-Driven Architecture: Laravel'ning Event tizimiga to'liq integratsiya qilingan. PaymentReceived hodisasi orqali istalgan biznes mantiqni (buyurtmani tasdiqlash, foydalanuvchiga xabar yuborish) ishga tushirishingiz mumkin.
Idempotency & Dedup: Redis orqali takroriy xabarlarni filtrlash va xavfsiz ishlov berish tizimi mavjud.
Extensible: O'z bank drayveringizni yozish bor-yo'g'i 5 daqiqa vaqt oladi.
Qanday boshlash kerak?
Paketni o'rnatish juda oddiy:
composer require samdevxuz/algorix-pay
php artisan vendor:publish --tag=algorix-pay-config
Sozlamalarni .env faylida kiritasiz va:
php artisan pay:listen
Bo'ldi! Endi sizning Laravel ilovangiz real vaqt rejimida to'lovlarni kuzatib boradi.
Algorix Pay kodlari ochiq, hamma uchun erkin. Uni o'z loyihalaringizda ishlating, o'zgartiring va takomillashtiring.
GitHub havola: https://github.com/SamDevXuz/algorix-pay.git
Top comments (0)