C++ o‘rganishni boshlagan har bir odam birinchi ko‘radigan narsalardan biri bu cin operatori
cin nima?
cin — bu foydalanuvchidan ma’lumot olish uchun ishlatiladigan obyekt. U <iostream> kutubxonasiga tegishli.
#include <iostream>
using namespace std;
int main()
{
int yosh;
cin >> yosh;
return 0;
}
Bu yerda dastur foydalanuvchidan yosh qiymatini kutadi.
>> operatori nima qiladi?
cin >> yosh;
Bu yerda >> — ma’lumotni oqimdan (input stream) o‘zgaruvchiga uzatadi.
Bir nechta qiymat olish
cin bilan bir nechta o‘zgaruvchini ham birdaniga olish mumkin.
Misol
int a, b;
cin >> a >> b;
Foydalanuvchi masalan:
5 10
deb kiritsa, a = 5, b = 10 bo‘ladi.
cin probelgacha o‘qiydi
Agar string ishlatsak:
string ism;
cin >> ism;
Agar Foydalanuvchi kiritsa:
Ali Valiyev
deb yozsa, ism faqat "Ali" bo‘ladi.
Chunki cin probelgacha o‘qiydi.
Top comments (0)