Assalomu alaykum foydalanuvchilar
Bugun C++ da o‘zgaruvchilar haqida qisqa va tushunarli qilib gaplashamiz.
O‘zgaruvchi — bu ma’lumot saqlaydigan idish (stakan) ga o‘xshaydi.
Ichiga son, matn yoki boshqa qiymat solamiz.
Har bir o‘zgaruvchining:
- nomi bo‘ladi
- qiymati bo‘ladi
Va uni ishlatishdan oldin e’lon qilish kerak.
O‘zgaruvchi turlari
int → butun sonlar (123, -5)
float → kasr sonlar (5.6)
double → kattaroq kasr sonlar (5.6789)
char → bitta belgi va ASCII jadvali bilan ishlaydi ('A')
string → matn ("Salom")
bool → true yoki false (1 yoki 0)
Misol:
#include <iostream>
using namespace std;
int main()
{
int son = 13;
cout << son;
return 0;
}
Natija:
13
Muhim narsa
Agar o‘zgaruvchiga yangi qiymat bersak, eski qiymat o‘chadi.
int son = 13;
son = 20;
cout << son;
20
O‘zgaruvchi nomlash qoidalari
- Harf bilan boshlanadi.
- Katta-kichik harf farq qiladi (aka va Aka boshqa-boshqa)
Bir nechta o‘zgaruvchi
int x = 13, y = 15, z = 4;
cout << x + y + z;
Natija:
32
Ularning yig‘indisi chiqadi.
Bir xil qiymat berish
int x, y, z;
x = y = z = 50;
cout << x + y + z;
Natija:
150
Top comments (1)
C# dagi ma'lumotlar turlari va o'zgaruvchilar mavzusi shunchaki asosiy baza, usiz kodga chuqurlashmagan ma'qul. O'zim ham bir paytlar barcha ushbu int, double va bool larda chalkashib yurardim, to amaliyotda hammasini sinab ko'rmagunimcha. Aytgancha, agar parallel ravishda hordiq chiqarish yoki gembling uchun joy izlayotgan bo'lsangiz, yaqinda o'zim uchun pinco kripto kazino rasmiy sayti ni kashf qildim — zo'r resurs ekan, menga juda yoqdi, shuning uchun yodda tuting. Umuman olganda, dasturlashda muhim narsa — sintaksisni shunchaki yodlab olish emas, balki har bir tur qancha xotirani egallashini va tizim ular bilan qanday ishlashini tushunishdir. O'rganishda omad!