Keling bugun git haqida gaplashamiz. Git nima o'zi? Oldinlari dasturchilar loyihalarini ishlab chiqishda o’zlarining fayllarini papkalarga zaxiralashardi, loyiha1, loyiha2, loyiha3 qilib. Endi bitta loyihada o'nlab dasturchilar ishlasa bu katta muammolarni keltirib chiqarar edi.
Git 2005-yil Linus Torvalds tomonidan yaratilgan.
Keling endi gitdan foydalanishni ko'rib chiqamiz.
1) Gitni yuklab olamiz.
Linuxda git o'zi o'rnatilgan bo'ladi. Agar bo'lmasa terminalga
sudo apt install git
buyrug'ini yozish orqali o'rnatamiz.
Windows uchun esa https://git-scm.com/download/win saytidan yuklab olamiz va o'rnatamiz. Git o'rnatilganligini tekshirish uchun cmd yoki powershellga git --version
buyrug'ini kiritamiz.
2) Endi biror bir papkada git repozitori yaratish uchun git init
buyrug'ini kiritamiz. Repository - biror ma'lumotlar saqlanadigan joy. Bizni holatda repozitory deb ".git" papkasi tushiniladi Undan git barcha gitga oid ma'lumotlarni saqlaydi
3) Gitning holatini bilish uchun git status
dan foydalanamiz.
git bizning index faylimizni kuzatmayotganligini aytmoqda.
4) Git bizning fayllarimizni kuzatishi uchun git add fayl_nomi
yoki hamma fayllarni kuzatishi uchun git add .
dan foydalanamiz.
git add .
deb buyrug' berdik, endi yana bir bor gitning holatini tekshiramiz. Ko'rib turganingizdek barcha fayllar commit qilishinishga tayyor.
5) Buning uchun git commit -m "Index fayli yaratildi"
deb yozamiz.
Commit - o'zgarishlarni git'ning repozitoriyasida saqlash degani. Keyinchalik har bir commit'ga qaytish imkoni bo'ladi.
6) Barcha qilingan o'zgarishlarni ko'rish uchun git log
buyrug'idan foydalanamiz.
7) Keling endi index faylimizga o'zgartirish kiritamiz va qanday o'zgarishlar bo'lganini ko'ramiz. Buning uchun git diff
buyrug'idan foydalanamiz.
8) Avvalgi commitlarga qaytish uchun git checkout commit_idsi
ni yozamiz.
9) Yana avvalgi holatga qaytish uchun git checkout master
buyrug'ini yozamiz.
Bu buyruqlar oddiy boshlang'ich buyruqlar edi. Qolganini o'zim o'rganishim davomida ulashib boraman, rahmat.
Top comments (0)