Assalomu alaykum, bugun sizlar bilan JavaScriptda getter va setter metodlari tanishamiz.
Ob'ektlarning ikki xil xususiyati bo'ladi.
Birinchisi, ma'lumot xususiyati (data property). Ma'lumot xususiyati bilan ko'pchiligimiz tanishmiz va barchamiz u bilan ishlaganmiz.
Ikkinchisi, kiruvchi xususiyat (accessor property). Bu tashqaridan qaraganda oddiy property ga o`xshaydigan, _property_ning qiymatini olish hamda yangi qiymat berish uchun mo'ljallangan maxsus funksiya.
getter va setter larni 3 xil usulda hosil qilish mumkin:
- odatiy metod yaratish usuli orqali
-
get
vaset
kalit so`zlari orqali -
Object.defineProperty()
metodi orqali
getter metodlar
Ob'ekt xususiyatining qiymatini olishning eng oson yo'llaridan biri ularnig har biriga getter metodlarini yozib chiqishdir. Keling getter metodlar qanday hosil qilinishini ko'rib chiqamiz. Dastlab, ishga kirish uchun topshirgan nomzod ob'ektini yaratib olamiz.
const nomzod = {
ism: "ALi",
tajriba: 3
}
Agar nomzod xususiyatlari qiymati olmoqchi bo'lsak, quyidagicha kod yozamiz:
nomzod.ism // "Ali"
nomzod.tajriba // 3
Endi, ob'ektga getter metodlarini qo'shamiz. Bu metodlar ob'ektning ism va tajriba xususiyatlari qiymatlarini qaytaradi.
const nomzod = {
...
getIsm: function() {
return this.ism
},
getTajriba: function() {
return this.tajriba
}
}
getter va setter metodlari orqali qiymatlar quyidagicha olamiz:
nomzod.getIsm() // "Ali"
nomzod.getTajriba() // 3
Oddiy ko'rinadi, to'g'rimi? Endi sizda savol tug'ilishi mumkin, getter va setter bizga nimaga kerak, ularsiz ham ob'ekt xususiyatini oddiygina qilib chaqirishimiz mumkinku? Bu savolingizga setter metodi bilan tanishganimizda javob olasiz.👇👇👇
setter metodlar
setter
metodlarining vazifasi ob'ekt xususiyatiga yangi qiymat o'xlashtirish hisoblanadi. Misol uchun yuqoridagi ob'ektga setter
metodlarini yozamiz.
const nomzod = {
...
setIsm: function(newIsm) {
this.ism = newIsm
},
setTajriba: function(newTajriba) {
this.tajriba = newTajriba
}
}
setter metodlari quyidagicha chaqiramiz.
nomzod.setIsm("Vali")
nomzod.setTajriba(5)
nomzod.getIsm() // "Vali"
nomzod.getTajriba() // 5
Endi qiziq joyiga keldik. getter
va setter
nimaga kerak? Tasavvur qiling siz yangi qiymat bermoqchi bo'lgan ob'ekt xususiyati bir nechta validatsiyalarda o'tishi kerak, mislo uchun, parol xususiyatini oladigan bo'lsak, parol 8 ta belgidan kam bo'lmasligi, raqam, belgi, katta va kichik harflardan iborat bo'lishi kerak. Yuqoridagi shartlarni if operatori bilan tekshiramiz va har safar yangi qiymat berganimizda o'sha shartni qayta yozamiz.
setter
metodlari bilan foydasi shuki, bizga kerakli shartlarni setter
metodi ichida yozamiz va har safar yangi qiymat o'zlashtirganimizda qiymat avtomatik ravishda biz yozgan shartlar bo'yicha tekshiriladi.
Hozir buni nomzodning tajriba xususiyati orqali sinab ko'ramiz.
const nomzod = {
...
setIsm: function(newIsm) {
this.ism = newIsm
} ,
setTajriba: function(newTajriba) {
if(newTajriba >= 2) {
this.tajriba = newTajriba
} else {
throw "2 yildan kam tajribali nomzodlar ko'rib chiqilmaydi"
}
}
}
nomzod.setTajriba(1.5) // Xatolik beradi va tajriba uchun yangi qiymatni olmaydi.
Demak, getter
va setter
metodlari bizga qiymat olguncha yoki yangi qiymat berguncha qo'shimcha logika qo'shish va xususiyatlarni xavfsiz qilish uchun kerak ekan.
get va set kalit so'zlari orqali
Biz yuqorida ko'rilgan metodlar get va set kalit so'zlari orqali quyidagi yoziladi.
const nomzod = {
_ism: "ALi",
_tajriba: 3,
get ism() {
return this._ism
},
get tajriba() {
return this._tajriba
},
set ism(newIsm) {
this._ism = newIsm
} ,
set tajriba(newTajriba) {
if(newTajriba >= 2) {
this._tajriba = newTajriba
} else {
throw "2 yildan kam tajribali nomzodlar ko'rib chiqilmaydi"
}
}
}
get
va set
kalit so'zlari orqali ob'ekt uchun metod emas, balki accessor xususiyat hosil qilinadi, ya'ni ularni metodni chaqirgandek emas xususiyatni chaqirgandek chaqiramiz. Yuqoridagi kodda o'zgaruvchi nomalari bir xil bo'lib qolmasligi uchun ob'ektning ism va tajriba xususiyatlarini mos ravishda _ism va _tajriba ga almashtirdik.
get
va set
bilan yaratilgan getter va setterning nomlari bir xil bo'lishi hech qanaqa muammo bo'lmaydi, agar xususiyatni chaqirgandek chaqirsak getter ishlaydi, yangi qiymat o'lashtirmoqchi bo'sak setter ishlari.
nomzod.tajriba // getter ishlaydi, tajribaning qiymatini qaytaradi
nomzod.tajriba = 3 // setter ishlaydi, tajriba uchun yangi qiymat oladi.
Object.defineProperty() orqali
Object.defineProperty() orqali biriktirilgan accessor property lar data propertylardan farq qiladi. Ulada value
yoki writable
o'rniga get
va set
funksiyalari bo'ladi.
const nomzod = {
_ism: "ALi",
_tajriba: 3,
}
Object.defineProperty(nomzod, "tajriba", {
get() {
return this._tajriba
},
set() {
if(newTajriba >= 2) {
this._tajriba = newTajriba
} else {
throw "2 yildan kam tajribali nomzodlar ko'rib chiqilmaydi"
}
}
})
Xulosa
- getter va setter yuqoridagi 3 ta usul orqali yasaladi
- ular orqali qiymat olish va berishda qo'shimcha funksionallik berish va qiymatni boshqarish imkoniyatini beradi
Foydali bo'lgan bo'lsa ulashing ;-)
Top comments (0)