DEV Community

Furqatovna
Furqatovna

Posted on • Edited on

c++ da Cout buyrug'ini amalga oshirish jarayoni!

Avvalambor kodlar yaratishdan oldin replit.com saytida to'liq ro'yhatdan o'tgan bo'lishingiz kerak,o'tib bo'lganmisiz? unda boshladik...
Birinchi navbatda Homepage dan _+create _ yokida oddiy + (plyus) tanlanadi va shunda sizning ekraningizda qaysi usullar orqali yaratmoqchi ekanligingizni (chap tomonda) va loyihangizni nomlanishini (o'ng tomonda) > Title qismiga yozasiz, masalan:

Template : C++
Title : Kodlar yaratish jarayoni

  • Create ketma-ketligi tanlangandan so'ng, ekraningizda 3 ga bo'lingan qismlar paydo bo'ladi:
  • chap tomondagi: yaratayotgan dasturimizning faylllari joylashtiriladi
  • Replni o'rta qismida esa kodlar yaratilib yoziladi
  • Console da (o'ng tomonda) yozgan kodlarning natijasi ko'rinadi va bu buyrug'ni amalga oshirishdan oldin to'g'ri yozdingizmi yokida xato bo'ldimi buni ham tekshirish imkoniyati bor va bu aynan CONSOLE tepasida joylashgan RUN buyru'gi orqali amalga oshira olasz

Har doim kodlar yozish jarayonida sistema sizni kodlaringizni tushunishi va siz hohlagan natijani berishi uchun albatta Library ya'ni kutubxonadan albatta foydalanishingiz juda muhim, sababi aynan kutubxolar kerakli ma'lumot yoki amallarni qayta-qayta yozib uni saqlab yurmasligingiz uchun,undagi tayyor ma'lumotni sizga chiqarib beradi foydalanishingiz uchun.Bu to'plamda tayyor yozib qo'yilgan maxsus buyruqlar bo'ladi va shuni chaqirib foydalanish uchun kerak bo'ladi.
Yuqoridagilardan foydalangan holatda #include so'zi va buyrug'i orqali amalga oshirilib, < > belgisi ichida yoziladi, masalan:

#include <iostream>
Enter fullscreen mode Exit fullscreen mode

Agar kutubxona nomini kiritmasdan yozilsa, console da buyruq noaniq bo'ladi va bu buyruq qayerdan olinganini so'raydi, masalan:

cout << "Hello World\n " ;
Enter fullscreen mode Exit fullscreen mode

deb kiritilsa
use of undeclared identifier 'cout'; did you mean 'std::cout'?

degan javob chiqadi sistemadan.Chunki

std::cout  << "Hello world!\n" ;
Enter fullscreen mode Exit fullscreen mode

shu ko'rinishida yozilishi kerak bo'ladi.
Console da barchasi to'g'ri ya'ni

"Hello world!" ;
Enter fullscreen mode Exit fullscreen mode

chiqsa unda sizni tabriklayman sababi buni to'g'ri amalga oshira oldingiz!!!

Bundan so'ng #int main() { yozilgandan so'ng kodlar yozish jarayoni boshlanadi.
std::cout << "Hello World!\n" ;

Har bir qatorga yozilgan buyruqdan so'ng albatta ; belgisi esingizdan chiqmasin sababi buni sistema keyingi qatorga o'tish burug'i deb qabul qiladi.

Agar siz uchun kerakli va muhimi savolingizga javob olishingizga bu Post sabab bo'la olgan bo'lsa unda missiyani bajardim hisoblayman!
*Kuzatishda davom eting, eng qiziq Postlar hali oldinda!!!! *

Top comments (0)