Assalamu aleykum, C++ dasturlash tilida o'zgaruvchilar alohida kalit so'zlar bilan nomlanadi.
Misol uchun: ism, num, yosh, cpp,
kabi noyob nomlar Identifikator hisoblanadi.Identifikator qisqa nomlar (x va y kabi)
yoki ko'proq tavsiflovchi nomlar bo'lishi mumkin (yosh, cpp, age name, day, month)
.
Dasturchi tomonidan o'zgaruvchi, o'zgarmas, funksiyalar uchun beriladigon extiyoriy nom bu Identifikator deyildai.
Izoh:
C++ dasturlash tilida Identifikatorni yaratishda tavsiflovchi nomdan foydalanish tafsiya etaman.
Misol uchun:
int age = 24;
string name = "Ilmhub IT school";
C++ dasturlash tilida Identifikator misol keltiraman.
#include <iostream>
using namespace std;
int main()
{
int age = 24;
string name = "I am learning C# at the moment";
string country = "Uzbekistan";
cout << name << endl;
cout << country;
return 0;
}
Identifikator tanlanganda quyidagilarga ahamiyat berish kerak:
- Identifikator lotin harflaridan boshlanishi shart;
- Ikkinchi simvoldan boshlab raqamlardan foydalanish mumkin;
- C++ da katta kichik harflar farq qiladi. Ya'ni quyidagilarning har biri alohida identifikator hisoblanadi:
KATTA, katta, KaTTa, kAttA, KattA..
; - Probel C++ da so'zlarni ajratish uchun ishlatiladi. Shuning uchun identifikatorda probeldan foydalanib bo'lmaydi.
- Data type ladan
(int, float, for, while kabi)
so'zlardan indentifikator sifatida foydalanib bo'lmaydi;
Eslatma: Identifikator tanlashda birinchi belgi sifatida << _ >> belgisidan foydalanmaslik tavsiya etiladi.
Top comments (2)
Zor
zur yordam berdi manhga