Foydalanuvchi bilan muloqot qilish uchun dasturda kirish (input) va chiqish (output) amallaridan foydalanamiz. Bu yordamida foydalanuvchi dasturga ma'lumot kiritishi va natijani ko'rishi mumkin.
C++ da:
Input: cin yordamida foydalanuvchidan ma'lumot olish.
Output: cout yordamida natijani ekranga chiqarish.
#include <iostream>
using namespace std;
int main()
{
int yosh;
cout << "Yoshingizni kiriting: ";
cin >> yosh;
cout << "Sizning yoshingiz: " << yosh << endl;
return 0;
}
Bu dastur foydalanuvchidan yoshini so'raydi va kiritilgan yoshni ekranga chiqaradi.
C# da:
Input: Console.ReadLine() yordamida foydalanuvchidan ma'lumot olish.
Output: Console.WriteLine() yordamida natijani ekranga chiqarish.
using System;
class Program
{
static void Main()
{
Console.Write("Yoshingizni kiriting: ");
string yosh = Console.ReadLine();
Console.WriteLine("Sizning yoshingiz: " + yosh);
}
}
Bu C# dasturi ham foydalanuvchidan yoshini so'raydi va kiritilgan yoshni ekranga chiqaradi.
- O'zgaruvchilarning Ahmiyati
O'zgaruvchilarni nomlash: O'zgaruvchilarni nomlashda mantiqiy va maqsadga muvofiq nom tanlash muhim. Masalan, a yoki b kabi nomlar o'rniga yosh yoki oylik kabi tushunarli nomlar tanlash kerak.
O'zgaruvchilardan foydalanish: Dastur davomida o'zgaruvchilarni qo'llash orqali hisoblashlarni amalga oshirish, ma'lumotni saqlash va qayta ishlash mumkin.
- Matematik Amallar O'zgaruvchilar yordamida turli matematik amallarni bajarish mumkin:
- Qo'shish (+), ayirish (-), ko'paytirish (*), bo'lish (/), qoldiq olish (%).
Misollar:
- C++ da:
int a = 10;
int b = 5;
int yigindi = a + b; // 15
int farq = a - b; // 5
int kopaytma = a * b; // 50
int bolinma = a / b; // 2
int qoldiq = a % b; // 0
- C# da:
int a = 10;
int b = 5;
int yigindi = a + b; // 15
int farq = a - b; // 5
int kopaytma = a * b; // 50
int bolinma = a / b; // 2
int qoldiq = a % b; // 0
Top comments (0)