- Operatorlar nima? 
- Biz yozgan kodimizga nima uchun kerak? 
- Nima vazifalarni bajara oladi? 
- Operatorlar bizga C++ dasturlash tilida yoki boshqa bir ixtiyoriy dasturlash tilida ham matematik amallarni amalga oshirganimizda ishlatimiz mumkin. 
 Operatorlarga bazi misollarni keltirib o'tsam, "+" , "-", "*" ,
 "/" , "%" kabi amallar asosiy operatorlar turlari sanaladi.
 Quyidagi sanab o'tilgan operatorlarning har biri bilan yaxshiroq tanishtiradigan bo'lsak:
- "+" , "-", "*" operatorlari bizga ma'lum bo'lgan vazifalarni bajarishadi. 
- "/" operatori siz bilgan berilgan ikkita qiymatni birini ikkinchisiga bo'lish uchun ishlatiladi degan fikr qisman to'g'ri lekin faqat bu emas."/" operatorini nima vazifa bajarishi va C++ da qanday ishlashini masalalar orqali ko'rib o'tamiz. 
 
#include <iostream>
#include <cmath>
using namespace std;
int main(){
int a,b;
float c,d;
cin>>a>>b;
cout<<"Natija1:"<<a/b<<endl;
cin>>c>>d;
cout<<"Natija2:"<<c/d;
return 0;
}
Console:
a=5
b=2
Natija1: a/b=2
c=5.5
d=2.2
Natija2: c/d=2.5
Yuqoridagi masalada Natija1 xato ishladimi? yoki aslida shunaqa ishlaydimi?
integer - butun, float
double = aralash kasr son.
integer/integer = integer
 integer/float,double = float,double
 float,double/integer= float,double
 float,double/float,double = float,double
Yuqorida "/" operatorini vazifasi unga nisbatan ishlatilayotgan o'zgaruvchilatning tipiga bog'liq ekanligini bilishimiz mumkin.
- "%" - operatori nomi qoldiqli bo'lish operatori deb ataladi. Aytishimiz mumkin-ki ushbu operator faqat integer tipidagi o'zgaruvchilari uchun ishlaydi.
Masalan:
#include <iostream>
#include <iomanip>
#include <cmath>
using namespace std;
int main() {
int a,b,c;
cin>>a;
cin>>b;
cin>>c;
cout<<a%b<<endl;
cout<<b%c<<endl;
cout<<a%c<<endl;
/* Ushbu dastur bir sonni ikkinchi 
songa bo'lganda qolgan qoldiqni topish
 uchun zarur bo'lgan koddir.
   79 sonini 12ga bo'ladigan bo'lsak
 butun qismi 6 ga qoldiq qismi esa 7
 ga teng bo'ladi ushbu kod esa aynan
 7 soni yani qoldiq qismini consolega
 chiqarish amalini bajarib beradi. */
  return 0;
  }
Console:
a = 125
b = 30
c = 7
a % b = 5
b % c = 2
a % c = 6
Yuqorida qisqacha operatorning bazi turlari haqida ma'lumot berishga harakat qildim. Operatorlarning boshqa turlari haqida yana boshqa maqolada tanishtirib o'tishga harakat qilaman.
 

 
    
Top comments (0)