DEV Community

Sharipov Javlonbek
Sharipov Javlonbek

Posted on

JavaScriptda massivlar bilan ishlash uchun bilishingiz zarur bo'lgan 10 ta metod

10 JavaScript array methods you should know posti tarjimasi.

Bu maqolada men sizlarga bilishingiz zarur bo'lgan JavaScriptda massivlar bilan ishlovchi 10 ta metodini ulashmoqchiman.

JavaScript bilan ishlashda eng kamida shu metodlarni bilishingiz zarur.

1. forEach

Bu metod massiv elementlarini ketma-ket aylantiradi:

const arr = [1, 2, 3, 4, 5];

arr.forEach(element => {
    console.log(element);
});

2. includes()

Bu metod unga berilgan parametr massiv elementlari orasida bor yoki yo'qligini tekshiradi:

const arr = ['salom', 'dunyo', '!'];
arr.includes('salom'); //true
arr.includes('xayr'); //false

3. filter()

Bu metod unga berilgan funksiya bo'yicha mantiqiy shartlarni qanoatlantiruvchi elementlardan tashkil topgan yangi massiv qaytaradi:

const arr = [1, 2, 3, 4, 5];
const filtered = arr.filter(element => element > 2);
console.log(filtered) //[3, 4, 5] chiqadi

4. map()

Bu metod massivning har bir elementiga unga berilgan funksiyadagi amallarni qo'llaydi:

const arr = [1, 2, 3, 4, 5];
arr.map(element => element + 1);
console.log(arr); //natija [2, 3, 4, 5, 6]

5. reduce()

Bu metod massiv elementlarini bitta qiymatgacha kamaytiradi. Ya'ni elementlarni chapdan o'nga qarab o'chirib boradi. Shu jarayonda reduce() ga berilgan funksiya ichidagi amallar bajarilishi mumkin. Bu metod massiv elementlari faqat sonlardan tashkil topgan bo'lsa uning yig'indisi/ayirmasi/ko'paytmasi/bo'linmasini hisoblashda qulay.

 const arr = [1, 2, 3, 4, 5, 6];

 const sum = arr.reduce((total, value) => total + value, 0);
 console.log(sum); // 21

6. some()

Bu metod unga berilgan shartni massiv elementlaridan hech bo'lmaganda bittasi qanoatlantirishi yoki yo'qligini tekshiradi.

const arr = [1, 2, 3, 4, 5, 6];

 // elementlardan hech bo'lmasa bittasi 4 dan kattami?
 const largeNum = arr.some(num => num > 4);
 console.log(largeNum); // true

 // elementlardan hech bo'lmasa bittasi 0 dan kichik yoki tengmi?
 const smallNum = arr.some(num => num <= 0);
 console.log(smallNum); // false

7. every()

Bu metod unga berilgan shartni massiv elementlarining barchasi bir vaqtda qanoatlantirishi yoki yo'qligini tekshiradi.

const arr = [1, 2, 3, 4, 5, 6];

// barcha elementlar 4 dan kattami?
const greaterFour = arr.every(num => num > 4);
console.log(greaterFour); // false

// barcha elementlar 10 dan kichikmi
const lessTen = arr.every(num => num < 10);
console.log(lessTen); // true

8. sort()

Bu metod massivni berilgan shart asosida saralash uchun ishlatiladi. Odatda unga hech qanday funksiya berilmasa u sonlardan tashkil topgan massivlarni o'sish tartibida saralaydi, lekin manfiy sonlarda xatolik bor (JavaScriptdagi aqlga sig'mas darajadagi hazillardan biri :) ). Shu sabab sort() metodini ishlatganda unga albatta shartlarni o'zingiz bering.


const arr = [1, 2, 3, 4, 5, 6];
const alpha = ['e', 'a', 'c', 'u', 'y'];

// teskari tartibda saralash
descOrder = arr.sort((a, b) => a > b ? -1 : 1);
console.log(descOrder); // [6, 5, 4, 3, 2, 1]

// o'sish tartibida saralash
ascOrder = alpha.sort((a, b) => a > b ? 1 : -1);
console.log(ascOrder); // ['a', 'c', 'e', 'u', 'y']

9. Array.from()

Bu metod massivga o'xshash yoki iteratsiya bo'ladigan har qanday ma'lumotni massivga aylantiradi, ayniqsa DOM bilan ishlashda qo'l keladi.


const word = 'hello';
const wordArray = Array.from(word);

console.log(word); // hello
console.log(wordArray); // ['h', 'e', 'l', 'l', 'o']

DOM bilan qo'llanishi:

 const lis = document.querySelectorAll('li');
 const lisArray = Array.from(document.querySelectorAll('li'));

 // bu rostanam massivmi?
 console.log(Array.isArray(lis)); // false
 console.log(Array.isArray(lisArray)); true

10. Array.of()

Bu metod unga berilgan parametr(lar)dan massiv yaratadi.

 const nums = Array.of(1, 2, 3, 4, 5, 6);
 console.log(nums); //[1, 2, 3, 4, 5, 6]

Top comments (0)