- C++ da shart operatori haqida boshlang'ich tushinchani olib keyin uning turlari haqida gaplashamiz.
Dastlab If shart operatori haqida gaplashib chiqamiz. Demak if so'zi inglizchada agar degan ma'noni anglatadi. Yani avval qo'yilgan qandaydir shart bajariladi keyin esa amal bajariladi. Misol uchun bir dastur yozib ko'ramiz.
Shart shunday agar n son 0 dan katta bo'lsa bu musbat son deb ekranga yozuv chiqarilsin.
#include <iostream>
using namespace std;
int main () {
int n;
cin >> n;
if(n>0){
cout << "Bu musbat son!!!";
}
return 0;
}
Ko'rib turganizdek if(shart) if so'zidan keyin qavs ichida shart yoziladi. Undan keyin {} figurali qavs ichida bajarishi kerak bo'lgan amal yoziladi.
Endi salgina murakkabroq holatini ko'ramiz. if va else holatini ko'ramiz. Bu ko'rinishi haqida gapiradigan bo'lsak. operatorning if qismi tepadagi bilan bir xil else qismi esa sal boshqacharoq. Yuqoridagi misolni shartini o'zgartiramiz.
Shart shunday n son 0 dan katta bo'lsa bu musbat son deb chiqarsin aks holda bu manfiy son deb chiqarsin.
#include <iostream>
using namespace std;
int main () {
int n;
cin >> n;
if(n>0){
cout << "Bu musbat son!!!";
}
else {
cout << "Bu manfiy son";
}
return 0;
}
Natijani ko'rdingiz. Jarayonni tushintiraman. Agar siz 0 dan katta son kiritsangiz birinchi sharta tushadi va u Bu musbat son deb ekranga chiqaradi. Endi else esa if da berilgan sharrtga tushmaydigan barchasini ekranga chiqaradi, yani -4 kiritsangiz bu birinchi shartga tushmaydi shuning uchun dastur avtomatik tarzda else dagi amalni bajarib yuboradi. Hozircha shu yerda yakunlaymiz. Chunki qolganlarini ham bir joyga yozsak chalkashib ketishingiz mumkin. Tursunboev Jamshidbek.
Top comments (0)