Shart operatorining yana bir turi haqida
Vanihoyat bugun shart operatorining eng ohirgisi haqida gaplashib o'tamiz va shu bilan shart operatorini yakunlaymiz. Bu operatorimiz if va else if operatorlariga o'xshab ketadi. Lekin imkoniyati cheklangan hisoblanadi. Istalgan joyda ishlatolmaymiz. Bu operatorimizni ham dastur bilan tahlil qilib o'tamiz.
#include <iostream>
using namespace std;
int main() {
int n;
cin >> n;
switch(n){
case 1: cout << "Dushanba";
break;
case 2: cout << "Seshanba";
break;
case 3: cout << "Chorshanba";
break;
case 4: cout << "Payshanba";
break;
case 5: cout << "Juma";
break;
case 6: cout << "Shanba";
break;
case 7: cout << "Yakshanba";
break;
default: cout << "Haftada 7 kun bor holos";
}
return 0;
}
Ko'rib turganingizdek bitta butun son o'qidik va nechi raqam kiritsak o'sha raqamdagi hafta kunini ekranga chiqaradi. eng oson tomoni bu operatorda tartib bilan yozish shart emas. Chalkash qilib yozgan taqdiringizda ham o'sha raqam ni topib borib keyin o'sha yerdan jarayon boshlanadi. default
esa oldingi maqoladagi else
vazifasini bajarib beradi.
Endi biz 1 dan 7 gacha bo'lgan raqamlardan boshqa raqam kiritib default
ni vazifasini ham ko'rib olamiz
Huddi mana shu narsani default deb ataymiz. Switch case unchalik ham qiyin emasligi uchun maqolamizni yakunlaymiz. O'quvchi odam uchun foydasi tegdi degan umiddamiz.
Tursunboev Jamshidbek
Top comments (0)